TBC Biznes obunalari bilan
0% komissiya
Kamroq xarajat bilan ko‘proq imkoniyat
Obuna tariflari
Obunasiz
Biznes uchun kerakli asosiy xizmatlar
Boshqa bankdagi hisobraqamga pul o‘tkazish
0,5%, kamida 1 000 so‘m
MUNIS tizimi bo‘yicha to‘lovlar
1%, kamida 2 000 so‘m
Bir necha oluvchiga pul o‘tkazish
Mumkin emas
Soliq va byudjet to‘lovlarini o‘tkazish
0,5%, kamida 1 000 so‘m
Ma’lumotnoma olish
100 000 so‘m
100 mln so‘mgacha bepul
10 tagacha to‘lov bepul
Biznes Pro
Ko‘proq foyda: komissiyasiz pul o‘tkazish va to‘lash uchun oshirilgan limit
600000 so’m. oyiga
Ulanish500 mln so‘mgacha bepul
20 tagacha to‘lov bepul
Obuna bilan imkoniyatlar kengayadi
To‘lovlar haqida emas, biznes haqida o‘ylang
Biznes
Oyiga 170 000 so‘m
100 mln so‘mgacha
komissiyasiz pul o‘tkazish
Ommaviy o‘tkazmalar
Soliq va byudjetga cheklovsiz pul o‘tkazish
10 ta komissiyasiz to‘lov
MUNIS orqali
Biznes Pro
Oyiga 600 000 so‘m
500 mln so‘mgacha
komissiyasiz pul o‘tkazish
Ommaviy o‘tkazmalar
Soliq va byudjetga cheklovsiz pul o‘tkazish
20 ta komissiyasiz to‘lov
MUNIS orqali
TBC Bank hisobraqamlari o‘rtasida bepul o‘tkazmalar
"Biznes" obunasining birinchi oyi — bepul
QR kod orqali ilovani yuklab oling, obunani ulang va to‘lov hamda o‘tkazmalar komissiyalaridan pulingizni tejang
Ko‘p berilgan savollarga javoblar
Bu – tadbirkorlar uchun yanada qulayroq shartlarda taqdim etiladigan bank xizmatlari to‘plami. Obuna bank xizmatlari xarajatlarini kamaytirishga va kundalik amaliyotlarni soddalashtirishga yordam beradi.
Obuna tariflari haqida batafsil ma’lumotni saytimizning ushbu sahifasidan olasiz.
Ha, albatta. Siz TBC Biznesning hamma bank xizmatlaridan standart tariflar bo‘yicha foydalanishingiz mumkin. Biroq komissiyasiz to‘lovlar va pul o‘tkazmalari, shuningdek, ommaviy pul o‘tkazish funksiyasidan foydalanolmaysiz.
TBC Biznes shaxsiy kabinetingizga kiring, “Obuna” bo‘limiga o‘ting va o‘zingizga mos tarifni tanlang:
- Biznes — agar pul aylanmangiz kam, lekin to‘lovlar va pul o‘tkazmalarida vaqt hamda pulingizni tejashni istasangiz, shu tarif sizga mos keladi.
- Biznes Pro — agar kompaniyangiz o‘rta yoki katta pul aylanmasiga ega va siz doim yirik pul o‘tkazmalarini amalga oshirsangiz, shu tarif sizga yordam beradi.
To‘lov hisobraqamingizdan oyiga bir marta — obuna ulangan sanada avtomatik yechib olinadi. Agar to‘lov yechiladigan kuni hisobraqamda yetarli pul bo‘lmasa, obuna to‘xtatiladi. Hisobraqan to‘ldirilgach, kerakli summa avtomatik yechiladi va oylik to‘lov sanasi o‘zgaradi.
Tarifni istalgan vaqtda — hatto amaldagi obuna muddati tugamagan bo‘lsa ham o‘zgartirolasiz.. Buning uchun TBC Biznes shaxsiy kabinetiga kiring → “Obuna” bo‘limiga o‘ting → yangi tarifni tanlang → “Ulanish” knopkasini bosing.
Oylik to‘lovi kamroq tarifga o‘tilganda — u amaldagi obuna muddati tugaganidan keyin ishga tushadi.
Oylik to‘lovi ko‘proq tarifga o‘tilganda — u darhol ishga tushadi. Bunda amaldagi obunaning ishlatilmagan kunlarini hisobga olib, narx qayta hisoblanadi va oylik to‘lov sanasi o‘zgaradi.
Misol: 1-aprel kuni siz 170 000 so‘mlik “Biznes” obunasini uladingiz, 5-aprel kuni esa 600 000 so‘mlik “Biznes Pro” tarifiga o‘tishga qaror qildingiz. Ulanganingizga 4 kun bo‘lgan — “Biznes” obunasining 26 kuni hali ishlatilmagan. Foydalanilmagan muddat narxi qayta hisoblanib, yangi obuna narxidan ayriladi. Shunda “Biznes Pro” tarifiga o‘tish uchun atigi 452 658 so‘m to‘laysiz
TBC Biznes shaxsiy kabinetingizga kiring → “Obuna” bo‘limiga o‘ting → “Obunani bekor qilish” knopkasini bosing.
Obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin — tarifning hamma imkoniyatlari to‘langan muddat oxirigacha amal qiladi va yangi davr uchun boshqa pul yechilmaydi.
Agar obuna to‘xtatilganiga 3 oydan oshgan bo‘lsa, u avtomatik bekor qilinadi. Uni “Obuna” bo‘limida istalgan vaqtda qaytadan ulashingiz mumkin.



