
Qo‘shimcha servislarisiz xorijga kartadan kartaga pulni qanday yuborish mumkin
Alisa Granova
Visa kartasi bilan xorijda xaridlar qilishdan tashqari Gruziyadagi doʻstingizga qarzni qaytarish, Janubiy Koreyadagi ota-onangizga yordam berish yoki Qozogʻistondagi hamkasbingizga pul yuborishingiz mumkin. Endi xalqaro pul oʻtkazmalari uchun bankka borish va maxsus xizmatlardan foydalanish shart emas.
Xalqaro pul oʻtkazmalari qanday ishlaydi
Visa xalqaro toʻlov tizimi — bu, banklarga mamlakat ichida va butun dunyo boʻylab pul oʻtkazmalarini qilishga yordam beradigan global tarmoq. Buning uchun Visa Direct texnologiyasidan foydalaniladi. Pulni istalgan Visa kartasiga, masalan TBC Salom’dan Oʻzbekiston banklarining Visa soʻm kartalariga yoki xorijdagi Visa kartalariga yuborish mumkin.
Pul oʻtkazsa bo‘ladigan mamlakatlar: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina, BAA, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlar. Jami 70 dan ortiq mamlakat bor. Toʻliq roʻyxat maqolaning oxirida keltirilgan. Rossiyaga pul yuborib boʻlmaydi, chunki u yerda Visa kartalari ishlamaydi.
Qachon foydali boʻlishi mumkin
Koʻchib ketgan doʻstingizga qarzni qaytarish. Aytaylik, doʻstingiz Tbilisiga koʻchib ketdi, lekin siz unga pulni qaytarishga ulgurmagansiz. Western Union ofisiga borish shart emas, pulni kartasiga yuborish mumkin.
Xorijdagi ota-onangizga yordam berish. Masalan ota-onangiz Janubiy Koreyada yashaydi va ularga zudlik bilan pul kerak boʻlib qoldi. Oldin pulni bank orqali yuborish uchun oluvchining barcha bank rekvizitlarini soʻrash kerak edi. Visa Direct orqali esa karta maʼlumotlari, ism va familiyani kiritsangiz boʻldi.
Sayohat paytida pul olish. Taʼtilga chiqib ortiqcha pul sarfladingiz. Oʻzbekistondagi qarindoshingiz yoki doʻstingiz Visa kartangizga pul yuborishi mumkin. Pulni olish uchun Oʻzbekiston SIM-kartasini yoqishingiz ham shart emas.
Qoʻshni mamlakatdagi hamkasbingizga pul yuborish. Qirgʻizistonlik hamkasbingiz bilan birga bir necha kunlik ish safarini uyushtirdingiz. Hamkasbingiz hamma xarajatlarni yopdi va endi pul qaytarishingiz kerak. Bank rekvizitlari yoki pul oʻtkazmalari xizmatlari ofisiga bormay pulni uning kartasiga yuborishingiz mumkin.
Qo‘shimcha servislardan farqi nimada
Visa Direct orqali pul yuborish uchun Western Union, “Zolotaya Korona”, Wise, MoneyGram yoki boshqa xizmatlardan roʻyxatdan oʻtib, ofisiga borishning hojati yoʻq. Pul oluvchi akkaunt ochmaydi yoki roʻyxatdan oʻtmaydi, pulni shunchaki kartasiga oladi.
Pul yuborish uchun bank nomi, hisobraqam, SWIFT-kod yoki boshqa bank rekvizitlari ham kerak emas. Faqat karta maʼlumotlari, ya’ni pul oluvchining ismi va familiyasini kiriiladi. Qolgani huddi Oʻzbekiston ichidagi oddiy pul oʻtkazmalaridek ishlaydi.
Tasdiqlashdan oldin komissiya, konvertatsiya kursi va yakuniy summa koʻrinadi. Oʻtkazmasi qanchaga tushishini oldindan bilish mumkin.
Karta bilan Oʻzbekistonda ham pul yuborish mumkin
Visa Direct faqat xalqaro pul oʻtkazmalari uchun emas.
TBC Bank Uzbekistan ilovasi bilan Oʻzbekistondagi boshqa banklarning Visa soʻm kartalariga pul yuborish mumkin. Pul oluvchining ismi va familiyasini aniqlashtirish shart emas. Faqat karta raqami yoki bogʻlangan telefon raqami kerak.
Visa kartasidan pul oʻtkazish qancha turadi
Xorijga. Summaning 1% va 26 000 soʻmdan kam emas. Masalan, 1 mln soʻm uchun komissiya 1%, ya’ni 10 000 soʻm. Lekin, minimal tarif sabab oxirgi komissiya 26 000 soʻm boʻladi. Shunda 3 mln soʻm uchun komissiya 30 000 soʻm deb hisonlanadi.
Oʻzbekiston boʻylab. 1,99%, kamida 2 500 soʻm. TBC Bank Uzbekistan ilovasida TBC Salom kartasi bilan pul oʻtkazsangiz komissiya olinmaydi.
Visa kartalari orqali pul oʻtkazish haqida batafsil “Visa kartaga O‘zbekiston ichida va xorijga qanday pul yuboriladi” maqolasida yozganmiz.
TBC ilovasi orqali Visa kartadan pul qanday yuboriladi
Pul yuborish mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxati: Argentina, Armaniston, Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Bahrayn, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Chexiya, Daniya, Ekvador, Misr, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Gonduras, Vengriya, Islandiya, Hindiston, Indoneziya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Qozogʻiston, Keniya, Quvayt, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malayziya, Meksika, Chernogoriya, Marokash, Nepal, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Nikaragua, Norvegiya, Ummon, Paragvay, Peru, Polsha, Portugaliya, Qatar, Irlandiya, Serbiya Respublikasi, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Tayvan, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Urugvay, Mongoliya, Ukraina.



