Barcha maqolalar
Biznes

Marketpleyslarning buyurtma topshirish punktini qanday ochish mumkin

Katya Bulgakova

 

Ba’zilar marketpleyslarda mahsulot sotadi, boshqalar esa buyurtmalarni topshirib daromad qiladi. Buning uchun mahsulot sotib olish, yetkazib beruvchilar izlash yoki yetkazib berish bilan shug‘ullanish shart emas. Buyurtma topshirish punktini (BTP) ochish va marketpleys bilan shartnoma tuzish mumkin. Punkt ochish — bu faqat turib, buyurtmalarni berish degani emas. BTP orqali qancha daromad olish mumkinligi, uni ochish uchun nimalar kerakligi va Uzum, Wildberries, Ozon va Yandex Market o‘rtasidagi farqlarini ko‘rib chiqamiz.

Marketpleys BTPga qanday pul to‘laydi

Marketpleys punkt egasiga topshirilgan buyurtmalar summasidan foiz to‘laydi. BTP orqali qancha ko‘p buyurtma o‘tsa, daromad ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan, bir kunda punkt orqali 100 mln so‘mlik mahsulor topshirildi deylik. Komissiya 5% bo‘lsa, BTP egasi 5 mln so‘m oladi. 


Mahsulotlarni topshirishga to‘lanadigan foizdan tashqari, ayrim marketpleyslar qaytarilgan buyurtmalarni rasmiylashtirish uchun ham pul to‘laydi. Yangi hamkorlar uchun esa turli bonuslar taklif qilinadi. Masalan, dastlabki oylar uchun kafolatlangan daromad yoki punkt ochilgani uchun bir martalik to‘lov berilishi mumkin. 


Daromad byurutmalar soniga bog‘liq. Shuning uchun BTP uchun to‘g‘ri joy tanlanishi kerak.

BTPni qanday ochish mumkin

Marketpleyslarning talablari biroz farq qiladi. Lekin asosiy qadamlar deyarli bir xil.

 

YTT yoki kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazing. BTPni jismoniy shaxs yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ochib bo‘lmaydi. Marketpleyslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bilan ishlaydi.


YTTni qanday ochishni bilan bilmasangiz, batafsil qo‘llanmamizni o‘qing.


Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin, hisobraqam kerak. Uni TBC Biznes yordamida onlayn, filialga bormasdan ochsa bo‘ladi. Ilova orqali to‘lovlarni qabul qilish va yuborish, xizmatlar uchun pul to‘lash hamda biznes mablag‘larini boshqarish mumkin.

 

Marketpleysni tanlang. Qaysi marketpleys bilan ishlashingizga qarab xona talablari, komissiya, ish vaqti, ishni boshlashdagi yordam va dastlabki xarajatlar o‘zgaradi. 


Avval marketpleyslar shartlarini taqqoslang. Keyin joy toping va ariza topshiring. O‘zbekistondagi asosiy platformalar  — bu mahalliy Uzum Market hamda Rossiyaning Ozon, Wildberries va Yandex Market marketpleyslari.


Joy toping. Marketpleysni tanlaganingizdan keyin joy izlashni boshlang. Uni sotib olish shart emas, ijaraga olish mumkin.

Ayrim marketpleyslar sizni peshlavha va boshqa brending elementlari bilan bepul ta’minlaydi.

BTPni, bekatlar va odamlar ko‘p bo‘ladigan joylarda, aholi zich yashaydigan hududlarda ochgan yaxshi. Marketpleyslarda xona uchun asosiy talablar o‘xshash. Alohida kirish eshigi, kamida 20 m² maydon va tashqariga peshlavha o‘rnatish imkoniyati bo‘lishi kerak. 


Deyarli barcha marketpleyslarda tavsiya qilinadigan joylarni ko‘rsatadigan xarita bor. Unda qayerda BTPlar ishlayotgani, raqobat qanchalik yuqoriligi va yangi BTP ochish tavsiya qilinadigan joylarni ko‘rish mumkin.

Uzum Market xaritada ochilgan BTPlar va yangi ochish uchun mos lokatsiyalarni ko‘rsatadi.

Ariza topshiring. Joyni tanlagandan keyin marketpleys saytida ariza topshiring. Manzil, xona xususiyatlarini ko‘rsating va fotosuratlarni ilova qiling. Platforma hammasini ma’qullasa, tadbirkorga shartnoma va bo‘lajak BTPni rasmiylashtirish talablari yuboriladi.

Yandex Market’da BTP ochish uchun ariza ko‘rinishi.

Remont qiling. Ariza ma’qullangach, xonani marketpleys brendbukiga moslashtirish kerak. Remont xarajatlarini tadbirkorning o‘zi qoplaydi. Lekin ayrim platformalar ishni boshlashga yordam beradi. Dizayn-loyiha, peshlavha, navigatsiya va boshqa brend materiallarini berishadi.

Marketpleyslar BTPlarni minimalistik uslubda bezatadi

Kerakli jihozlarni oling. To‘plamga kompyuter yoki noutbuk, internet, videokuzatuv kamerasi, shtrix-kod skaneri va printer kiradi. Buyurtmalarni saqlash uchun stellajlar, mahsulotlarni tekshirish uchun stol va xodim uchun ish joyi ham kerak.


O‘rtacha hisobda butun jarayon ikki haftadan ikki oygacha davom etishi mumkin. Bu marketpleys va xonaning tayyorlik darajasiga bog‘liq.

Shartlar

Marketpleyslarning asosiy talablari o‘xshash. Lekin buyurtma uchun qancha to‘lanishi, xona talablari va ishni boshlashdagi yordam bo‘yicha farqlar bor.


Marketpleys tanlashda faqat komissiya miqdoriga qarash yetarli emas. Masalan, Uzum kamida 20 m² maydonli xonani va BTPning dam olish kunlarisiz soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashini talab qiladi. Yandex Market uchun ham kamida 20 m² maydon kerak, lekin kuniga 12 soat ishlashi kerak. Wildberries’da talablar qattiqroq. Xona maydoni kamida 30 m² bo‘lishi va ikkita kiyim almashtirish xonasi bo‘lishi shart. Marketpleys tanlashda faqat qancha pul to‘lanishiga emas, BTP uchun qo‘yiladigan talablar va ish sharoitlariga ham qarash kerak.

BTP ochmoqchimisiz?

Sizga hisobraqam kerak. Uni TBC Biznesda bepul, onlayn va bir necha daqiqada ochish mumkin.

 

Biznes pullarini ilova orqali boshqaring: 24/7 to‘lov va pul o‘tkazmalarini yuboring, soliqlar, kommunal va boshqa xarajatlarni to‘lang, muntazam to‘lovlar uchun shablonlarni saqlab qo‘ying.