
TBC Biznes’da ma’lumotnoma yoki ko‘chirma qanday olinadi
Aizhamal Kadirbaeva
Endi bankdan ko‘chirma yoki ma’lumotnoma olish uchun so‘rov yuborish va kunlab javob kutish shart emas. TBC Biznes’da muhr tushirilgan rasmiy hujjatni shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. Buni qanday qilishni tushuntirib beramiz.
Qanday hujjatlarni yuklab olish mumkin
TBC Biznes’da hisobot topshirish, hisobni tasdiqlash yoki kontragentlar bilan ishlash uchun kerakli hamma hujjatlarni yuklab olsa bo‘ladi.
Hisobraqamdagi qoldiq to‘g‘risida ma’lumotnoma — hisobraqamda qancha pul borligini tasdiqlaydi.
Hisob mavjudligi haqida ma’lumotnoma — hisobraqam ochilgan va faol ekanini tasdiqlaydi.
Hisobraqam bo‘yicha pul aylanmalari to‘g‘risida ma’lumotnoma — ma’lum kunlarda hisobraqamga qancha pul kelib tushgani va yechilganini ko‘rsatadi.
Hisobraqamdan ko‘chirma — ma’lum kunlardagi barcha operatsiyalar ro‘yxati.
Qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — hisobraqam bo‘yicha qarz bor yoki yo‘qligini tasdiqlaydi.
Bitta kabinetida bir nechta kompaniyani boshqarsangiz, TBC Biznes’da har biri uchun ma’lumotnoma yoki ko‘chirmani alohida yuklab olishingiz mumkin.
TBC Biznes’da ma’lumotnomani qanday olish mumkin
- Yuqori o‘ng burchakdagi profilingizga kirib, "Ma’lumotnomalar" bo‘limini tanlang.
2. Hujjatlar ro‘yxati chiqadi. Kerakli hujjatni tanlang.
3. Keyin hisobraqamlar sahifasiga o‘tish taklif qilinadi — “Hisoblarga o‘ting” knopkasini bosing.
4. Ro‘yxatdan kerakli hisobraqamni tanlang.
5. O‘ng tomonda hisobraqam kartochkasi ochiladi — “Ko‘chirmani yuklash”ni bosing.
6. Kerakli sanalarni tanlang yoki qo‘lda kiriting. Keyin fayl formatini (PDF yoki Excel) tanlab, “Yuklash” knopkasini bosing.
7. Tayyor hujjat yuklangan fayllaringiz orasida paydo bo‘ladi.Bu rasmiy hujjat, unda bank muhri, hisobraqam ma’lumotlari va operatsiyalar davri ko‘rsatilgan.
Faylni kerakli joyga birdan yuborish mumkin. Masalan, soliq idorasi, auditor yoki kontragentga.







