Biznes

TBC Business xizmatlaridan cheklovlarsiz qanday foydalanish mumkin?

TBC Blog tahririyati

 

Endi bank va to‘lov xizmatlaridan foydalanish uchun siz OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsat berishingiz kerak. Bu TBC Business xizmatiga ham tegishli. TBC Business avvalgidek ishlashi uchun nima qilish kerakligini shu yerda tushuntirdik.

1-bosqich. MyGov ilovasiga kiring

  • Dastlab MyGov ilovasini yuklab oling (iOS/Android). 

     

  • Ilovaga kiring.

     

  • Qidiruv maydoniga “mobile id” deb yozing.

     

  • “Jismoniy shaxslarni Mobile-ID orqali ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmatini tanlang va “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosing.

     

  • Tizim pasport raqami va tug‘ilgan sanani avtomatik ravishda yuklaydi. Uchinchi maydonga o‘zingizning nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamini kiriting.

     

  • SMS orqali kelgan kodni kiriting.

     

  • “MyID orqali tekshirish” tugmasini bosing.

     

  • Verifikatsiyadan o‘tish uchun selfi tushing.

     

  • Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tganingiz tasdiqlanishini kuting. OneID mobile ilovasini yuklab oling (iOS/Android) va hozirgina kiritilgan raqam yordamida Mobile-ID orqali tizimga kiring.

2-bosqich. Yakka Tartibdagi tadbirkorlar uchun

Yuridik shaxslar uchun yo‘riqnoma — pastroqda.


OneID mobile ilovasida:

 

  • “Hujjatlar” bo‘limiga o‘ting.

     

  • “Shaxsiy”, “Avtotransport”, “Ko‘chmas mulk” oynalaridagi barcha mavjud hujjatlarni yangilang — har biri uchun “Barcha ma’lumotlarni yangilash” tugmasini bosing.

     

  • Hujjatlar muvaffaqiyatli qo‘shilgandan so‘ng, ekranning pastki qismidagi “Boshqaruv” bo‘limiga o‘ting.

     

  • Qidiruv maydoniga TBC Bank deb yozing va “TBC BANK” ATB ustiga bosing.

     

  • Ochilgan oynada “Ruxsat berish” tugmasini bosing.

     

  • “Batafsil sozlamalar”ni bosib, barcha hujjatlarga ruxsat berganingizga ishonch hosil qiling. Ma’lumotlaringiz yonidagi barcha belgilar (galochkalar) yashil rangda bo‘lishi kerak.

2-bosqich. Yuridik shaxslar uchun

OneID mobile ilovasida:

 

  • “Hujjatlar” bo‘limiga o‘ting.

 

  • “Shaxsiy”, “Avtotransport”, “Ko‘chmas mulk” oynalaridagi barcha mavjud hujjatlarni yangilang — har biri uchun “Barcha ma’lumotlarni yangilash” tugmasini bosing.

 

  • “Yuridik shaxs” bo‘limiga o‘ting.

 

  • Agar yuridik shaxs qo‘shilmagan bo‘lsa, uni qo‘shing: STIR’ni kiriting va “Qo‘shish” tugmasini bosing.

 

  • Yuridik shaxs muvaffaqiyatli qo‘shilgandan so‘ng, ekranning pastki qismidagi “Boshqaruv” bo‘limiga o‘ting.

 

  • Qidiruv maydoniga TBC Bank deb yozing va “TBC BANK” ATB ustiga bosing.

 

  • Ochilgan oynada “Ruxsat berish” tugmasini bosing.

 

  • “Batafsil sozlamalar”ni bosib, barcha hujjatlarga ruxsat berganingizga ishonch hosil qiling. Ma’lumotlaringiz yonidagi barcha belgilar yashil rangda bo‘lishi kerak. 


    Bu jarayondan direktor va barcha ta’sischilar o‘tishi shart. Aks holda xizmatlarning ba’zi imkoniyatlari cheklanishi mumkin.

Ruxsat berilgandan so‘ng, barcha xizmatlardan foydalanishda davom etishingiz mumkin. Agar muammolar qolsa, bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga +998 78 777 27 07 raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling.

Biznes

biznes va moliya haqida so‘z yuritamiz