
Xodimlarga ish haqini TBC Biznes orqali qanday to‘lash mumkin
Aizhamal Kadirbaeva
Oldinlari ish haqi loyihasini ulash uchun bankka borish, hujjatlar tayyorlash va shartnoma tuzish kerak edi. Xodimlar ham kartalarini olish uchun bank filialiga borishardi. TBC Biznes’da bularning barchasini onlayn qilish mumkin: loyiha birpasda ulanadi, xodimga karta bepul yetkaziladi, ish haqini esa istalgan vaqtda yuborsa bo‘ladi — to‘lov topshirig‘i avtomatik yaratiladi. Ish haqi loyihasi qanday ishlashini batafsil tushuntirib beramiz.
TBC Biznesdagi ish haqi loyihasi nima
Ish haqi loyihasi bu — TBC Biznes orqali xodimlarga maosh to‘lash xizmati. Pullarni shaxsiy kabinet orqali barcha ishchilarga birdan o‘tkazish mumkin. Xodimlarni qo‘shish va ularga maosh o‘tkazish huquqi direktor, administrator yoki buxgalterda bo‘ladi. To‘lovlarni direktor yoki administrator tasdiqlaydi.
Ish haqi loyihasini ulash ham, maoshlarni o‘tkazish ham bepul.
Oyliklarni ishchilarning TBC Salom kartalariga o‘tkazib berish mumkin. Xodimlar barcha xaridlardan 1%, hamkorlardan xaridlar uchun esa 5% keshbek oladilar. Karta bilan komissiyasiz pul o‘tkazsa ham bo‘ladi. TBC Salom kartasining barcha afzalliklari haqida alohida yozganmiz.
Xodimingiz TBC Salom kartasini TBC Bank Uzbekistan ilovasida bepul buyurtma qilishi mumkin. Kartani bank uch kun ichida uygacha yetkazib beradi.
Ish haqi loyihasini qanday ulash mumkin
Ish haqi loyihasini faqat kompaniya direktori ulay oladi. Bunga bir necha daqiqa ketadi xolos.
- TBC Biznesdagi shaxsiy kabinetingizga kiring va “Ish haqi loyihasi” bo‘limini oching.
2. “Faollashtirish” tugmasini bosing.
3. SMS orqali kelgan kodni kiriting. Shu bilan loyiha ulanadi.
Tizimda avtomatik ravishda ish haqi hisobraqami ochiladi. Keyingi barcha to‘lovlar shu hisobraqam orqali o‘tadi.
Xodimlarni qanday qo‘shish mumkin
Xodimlarni JSHSHIR orqali birma-bir yoki Excel fayl yuklab ommaviy qo‘shish mumkin.
Excel fayl bilanbir martada 50 000 tagacha xodimni yuklash mumkin. Tayyor shablonni TBC Biznesdagi shaxsiy kabinetdan topasiz.
Xodimlarni birma-bir qo‘shish
- “Ish haqi loyihasi”ga kiring va “Xodimlar” ekraniga o‘ting.
2. “Xodim qo‘shish” tugmasini bosing va JSHSHIRni kiriting. Qolgan ma’lumotlarni tizim o‘zi to‘ldiradi.
Excel orqali ommaviy qo‘shish
1. Shaxsiy kabinetdan Excel shablonni yuklab oling.
2. Xodimlar ma’lumotlarini kiriting.
3. Faylni qayta yuklang.
Tizim har bir xodimda TBC Salom kartasi bor-yo‘qligini o‘zi tekshiradi. Kartasi bo‘lmagan xodimlarga SMS yuborishni taklif qiladi. Xodim havola orqali ilovaga kirib, kartani onlayn ochishi mumkin.
Taklif yetti kun amal qiladi. Agar shu vaqt ichida karta rasmiylashtirilmasa, qaytadan SMS yuborish mumkin.
“Xodimlar” bo‘limida ishchilarni ro‘yxatdan o‘chirish yoki ularning ma’lumotlarini o‘zgartirish ham mumkin.
Ish haqi qanday to‘lanadi
Pullarni xodimlarga istalgan vaqtda yuborish mumkin. Xizmat kechqurun ham, yarim tunda ham, hatto dam olish kunlarida ham ishlaydi. To‘lov topshirig‘ini alohida tayyorlash shart emas. Ish haqi vedomostini yaratishingiz bilan tizim uni o‘zi tayyorlaydi.
1. “Ish haqi loyihasi” bo‘limiga o‘ting va “Ish haqi qaydnomasi” bo‘limini oching.
2. Har bir xodimga alohida oylik o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, “Xodimlar” to‘lov usulini tanlang. To‘lov summasini kiriting va “Davom etish” tugmasini bosing.
3. Hamma xodimlarga ish haqini birdaniga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, “Faylni yuklash” knopkasini bosing va to‘ldirilgan Excel shablonni tizimga yuklang.
4. Pul yechiladigan hisobraqamni tanlang, ma’lumotlarni tekshiring va va “Keyingi” strelkasini bosing.
5. To‘lovni tasdiqlash uchun kelgan SMS kodni kiriting.
Qaydnomani buxgalter yaratgan bo‘lsa, u direktor yoki administratorga tasdiqlash uchun yuboriladi. Agar direktor yoki administrator yaratgan bo‘lsa, ish haqi birdan jo‘natiladi.
Pul uch bosqichda o‘tadi: kompaniya hisobraqamidan — ish haqi hisobraqamiga, keyin — xodimning hisobraqamiga, oxirida — kartaga. To‘lov holati pul o‘tkazilganidan keyin birdan ko‘rinadi.
Qisqacha: nima uchun TBC Biznesda ish haqi loyihasini ulash kerak
Hammasi onlayn. Direktor loyihani shaxsiy kabinetda ulaydi. Xodim kartani ilova orqali buyurtma qiladi, bank esa uni uch kunda uygacha bepul yetkazib beradi.
To‘lov topshirig‘ini alohida tayyorlash shart emas. Tizim uni ish haqi qaydnomasi yaratilganda o‘zi shakllantiradi.
Xodimlarni qo‘shish oson. JSHSHIR orqali birma-bir yoki Excel bilan birdaniga 50 000 tagacha qo‘shish mumkin.
Maoshni istalgan vaqtda o‘tkazish mumkin. Bank ochilishini kutish shart emas.
Ulash bepul. TBC Biznes mijoziga aylanish uchun tbcbusiness.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting.













