TBC Bank Humo va 
Uzcard virtual kartalari

Odatiy bank kartalari — faqat telefonda

  • Bepul

    chiqarib beramiz

  • Komissiyasiz

    to'ldirasiz

TBC Virtual — darhol ochasiz, aslo yo'qotmaysiz

Birdan tayyor bo'ladi

15 daqiqada ishga tushadi

Onlayn ochiladi va qayta chiqariladi

Bankka borish yoki telefon qilish shartmas

Boshqa kartalarga bemalol pul o'tkazasiz

Summa cheklanmagan

Xaridlarni qulay to'laysiz

Telefonda pul bo'lmasa ham, payme'da oflayn to'lash mumkin

Humo yoki Uzcard virtual kartasi qanday ochiladi?

TBC UZ ilovasini yuklang

1-qadam

App Store yoki Google Play'dan yoki pastdagi QR kod orqali

Uzcard yoki Humo kartasini tanlang

2-qadam

Ilovaning asosiy ekranidan “Kartalar” bo'limiga kirasiz

Faollashishini kuting

3-qadam

Karta 15 daqiqada ishga tushadi va undan foydalanishni boshlaysiz

Kartani uydan turib oching

Birpasda bepul chiqarib beramiz

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Xuddi oddiy plastik kartadek ishlatishingiz mumkin. Ya’ni:

  • Pul o‘tkazish;

  • To‘lovlar qilish;

  • Kreditlarni to‘lash;

  • Omonatlarni to‘ldirish;

  • Omonatlardan foiz olish;

  • QR kod orqali kassalarda to‘lov qilish imkoni bor.

Bittagina cheklov — bankomatdan naqd pul yecholmaysiz, chunki bu virtual karta. Naqd yechish uchun pulni Salom Card’ga o‘tkazib oling — oyiga 10 mln so‘mgacha komissiyasiz yechasiz. Bankomat komissiyasi keyingi oyda kartangizga qaytadi.

TBC UZ ilovasida "Kartalar" → "Kartani qo‘shish/buyurtma berish" tugmalarini bosing, keyin Humo yoki Uzcard’ni tanlang. Karta birdan chiqadi va 15 daqiqada faol bo‘ladi. Bu haqda sizga SMS yuboramiz.

Buning ikkita yo‘li bor.

 

Istalgan bank filialida. Shunchaki bank xodimiga mana shu ma’lumotlarni bering:

  1. O‘tkazma uchun tranzit hisobraqam: 23116000000001180400.
  2. MFO: 01180.
  3. Karta raqami va FIO.

 

Agar kartani 16:00 gacha to‘ldirgan bo‘lsangiz, pul o‘sha kunning o‘zida kartangizga tushadi. Soat 16:00 dan keyin to‘ldirgan bo‘lsangiz, mablag‘larni ertasi kuni olasiz.

 

Paynet to‘lov terminallari va xizmat ko‘rsatish punktlarida. Virtual karta raqami va SMS kodni kiriting. Pul darhol kartaga tushadi.

Komissiya miqdori kartani chiqargan bankka bog‘liq:

  • TBC Bank kartalariga pul o‘tkazish — 0%.

  • Boshqa bank kartalariga — 1,99%.

Ha. Shunchaki payme’ga virtual Humo yoki Uzcard’ni qo‘shing va xaridlarni kassada payme go yoki QR kod orqali to‘lang.

Yo‘q, bank hech qachon kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati, shuningdek, ilovaga kirish uchun parollar yoki SMS kodlarni sizdan so‘ramaydi. Agar o‘zingiz TBC Bank texnik yordam bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lsangiz, xodimimiz faqat kartaning oxirgi 4 ta raqamini so‘rashi mumkin.

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz

TBC Bankning Uzcard va Humo virtual kartalari


TBC Virtual — bu ilovada saqlanadigan to‘liq raqamli kartalar. Imkoniyatlari bo‘yicha plastik kartalardan qolishmaydi. Ammo plastik karta bo‘lmagani uchun tez va xavfsiz onlayn to‘lovlar uchun qulayroq.
Uzcard va Humo virtual kartalardan qayerda foydalanish mumkin?
Virtual kartalar bilan Humo va Uzcard kartalar qabul qilinadigan har qanday onlayn do‘kon va xizmatlarda xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, virtual kartalardan O‘zbekistondagi istalgan bank kartalariga pul o‘tkazish imkoniga ham egasiz.


Oflayn to‘lovlar uchun virtual karta


Virtual kartalar ko‘pincha onlayn xaridlar va to‘lovlar uchun ishlatiladi. Lekin TBC Virtual’dan oflayn to’lovlar uchun ham foydalanolasiz. Shunchaki kartalaringizni payme ilovasiga ulang va xaridlarni payme go yoki QR kod orqali to‘lang.


Uzcard va Humo virtual kartalarining o‘ziga xos xususiyatlari


Eng muhim xususiyati — plastik kartaning yo‘qligi. Virtual Humo yoki Uzcard kartasi hech qachon yo‘qolmaydi va doim telefoningizda bo‘ladi.

 

Shuningdek, Humo va Uzcard virtual kartalarida xaridlar uchun oylik va umumiy limitlarni o‘rnatish mumkin. Bu xarajatlarni nazorat qilishga yordam beradi hamda to‘lov yoki pul o‘tkazmasi bo‘lishidan qat’i nazar, firibgarlik xavfini kamaytiradi.

 

Agar kartadan vaqtincha foydalanmasangiz, uni darhol bilan bloklashingiz mumkin. Undagi pul saqlanib qoladi, ammo amaliyotlar to‘xtaydi. Blokdan chiqarilgach, karta yana cheklovlarsiz ishlashni boshlaydi.
 

Uzcard va Humo virtual kartasini qanday ochish mumkin?


TBC UZ ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va asosiy ekranda "Kartani qo‘shish / buyurtma berish" knopkasini bosing. Kerakli virtual kartani — Uzcard yoki Humoni tanlang, shartlar bilan tanishing va "Keyingisi" tugmasini bosing.

 

Karta birdan ochiladi va 15 daqiqada ishga tushadi. Hammasi tayyor bo‘lgach, sizga xabar beramiz. U faollashgach, xaridlarni darhol to‘lashingiz mumkin.

 

Uzcard va Humo virtual kartalarini to‘ldirish


Virtual kartani bir necha usulda to‘ldirishingiz mumkin:

  • Boshqa kartadan pul o‘tkazish orqali.
  • Istalgan bank bo‘limida naqd pul bilan.
  • Paynet terminallari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul bilan.


Har qanday usul uchun sizga karta raqami kerak bo‘ladi. Uni TBC UZ ilovasida karta ekranidagi "Rekvizitlar" tugmasi orqali ko‘rolasiz.

 

Virtual kartani istalgan bank ilovasi yoki to‘lov xizmatida to‘ldirish mumkin. TBC kartalaringiz o‘rtasida pul o‘tkazganda, TBC UZ ilovasidan foydalanganingiz yaxshiroq. Chunki bunday holatda umuman komissiya olinmaydi.


Paynet terminallari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘ldirishda, shunchaki karta raqamini yozing va SMS kodni kiriting. Pul darhol kartaga tushadi.
Bank bo‘limida virtual kartani to‘ldirish uchun veb-saytimizning tegishli sahifasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha rekvizitlar kerak bo‘ladi.


Virtual kartalardan naqd pul yechish


Virtual kartadan bevosita naqd yechish imkoni yo‘q. Biroq Uzcard yoki Humo Virtual kartangizdan istalgan so‘mdagi kartaga pul o‘tkazib, o‘sha kartadan bankomat yoki bank filialida naqd pul yechishingiz mumkin.