15 апрел 2022

Zest. Shahar bo'ylab yangi sarguzashtlar sari

Mazmuni
  • «Zest»dan qanday foydalaniladi?
  • Buning nimasi qiziq (hatto foydali)?
  • O'zgacha «aqlli» neyrotarmoq
  • Loyihaning boshlanishi
  • Noodatiy «Zest»
  • Loyihaning kelajagi

Har bir shaharda aholining ko'p qismiga notanish bo'lgan qiziqarli obyektlar bor. Masalan, Toshkentda yashirin haykaltaroshlik asarlari mavjud...

Mart oyining boshida Toshkentga «Zest» loyihasining mualliflari Pavel va Mariya Dyakovlar kelishdi. «Zest» ─ bu sayr qilishni va tevarak-atrofdagi turli xil joylar haqida yangi ma'lumotlar olishni xush ko’radiganlar uchun mo'ljallangan mobil ilova. 

1

G'arbda geokeshing tizimi juda ommalashgan. Geokeshing – bu navigator ilovalar yordamida xazinalar qidirish. Ya'ni nimanidir qayergadir yashirib qo'yasiz va o'sha joyni xaritada belgilaysiz, foydalanuvchilar uni izlab topadi va o'rniga boshqa biror narsa qoldirib ketadi. «Zest» aynan geokeshingga juda o'xshash. Shuningdek ushbu loyiha Pokemon Go va Instagram tarmog'ini ham eslatadi.

2

«Zest»dan qanday foydalaniladi?

«Zest» ilovasini Play Market'dan yuklab olasiz (hozircha faqat Android foydalanuvchilari uchun mavjud). Ilovadagi xaritada ko'chadagi qiziqarli joylar va obyektlarni (binoga chizilgan san'at asari bo'ladimi yoki ko'pchilik bilmaydigan biror-bir haykalmi) topib, ularni suratga olasiz va o'sha joyda virtual sandiq yaratasiz. 

 

Boshqa foydalanuvchilar siz yaratgan sandiqni ochishi uchun kerakli obyektni topib, uni zest-kameraga olishi kerak. Maxsus neyro tizim rasmdagi obyektni aniqlaydi va agar u to'g'ri topilgan bo'lsa, foydalanuvchiga sandiqdagi obyekt rasmi tushirilgan virtual kristall beriladi.

 

Shuningdek siz boshqalar yashirgan sandiqlarni ham «ovlashingiz» mumkin. Kristallarni yig'ib borishingiz, boshqa foydalanuvchilarga sovg'a qilishingiz yoki almashtirib olishingiz mumkin. 

3

Buning nimasi qiziq (hatto foydali)?

Ushbu loyiha odamlarda katta qiziqish uyg'otdi. «Zest» ularga ko'proq sayr qilish uchun turtki bo'ldi va atrofdagi ko'plab qiziqarli joylar haqida ma'lumot olish imkonini berdi. Pavelning aytishicha, loyiha ishga tushganida, faqat Peterburgdagi Pavelga ma'lum bo'lgan joylarni o'z ichiga olgan. Natijada «Zest» asoschisi yillar davomida uning ko'z o'ngida bo'lgan, biroq u bilmagan joylarni aniqlagan.

 

Har bir shaharda aholining ko'p qismiga notanish bo'lgan qiziqarli obyektlar bor. Masalan, Toshkentda yashirin haykaltaroshlik asarlari mavjud (Pavel va Mariya ular uchun ham bir necha sandiqlar yaratishgan). «Zest» shaharliklarga noyob joylarni xaritaga kiritish va buni o'yin shaklida amalga oshirish imkonini beradi. Shunday qilib hali o'rganilmagan joylar va obyektlar haqida ma'lumot olish mumkin bo'lgan platforma paydo bo'ladi. 

4

«Zest» asoschilari o'z loyihasini Instagram bilan qiyoslab, tarmoq foydalanuvchilarining asosiy g'oyasi «Qarang, siz topmagan narsani men topdim» qabilida bo'lsa, «Zest»da odamlar «Qarang, men topdim, siz ko'rgani keling», - deb boshqalarga murojaat qiladi, deb hisoblaydi.

 

«Biz Facebook va Twitter'dagi usullarni olib, ushbu tarmoqlardagi “Bizning lentamizda ikki soat o'tiring” jumlasini biz “ikki soat sayr qil”ga almashtirdik. Mexanikalar o'sha-o'sha, faqat bizniki boshqacharoq, yaxshiroq taassurot qoldiradi. Bizning mahsulotimizdan foydalangan kishi o'z vaqtini bekorga sarflamaganini his qilishi kerak», - deydi Pavel. 

 

O'zbekistonda vaqti-vaqti bilan fuqarolarni piyoda sayr qilish, sog'lom turmush tarziga rioya qilishga targ'ib etuvchi tashabbuslar paydo bo'lib turadi. Masalan, piyoda yurganlik yoki vazn tashlaganlik uchun pul to'lash loyihasi.

5

Pavel va Mariyaning loyihasi tufayli odamlarning o'zlari piyoda yurishni boshlaydi. Mariyaning aytishicha, Peterburg markazida ayni payt juda ko'plar sayrga otlangan.

 

«Biz yugurish, piyoda yurish, velosipedda yurish uchun ilovalar bilan bir qatorda fitnes-ilovalar toifasiga kiramiz. Faqat ushbu dasturiy ta'minotlar qanday sayr qilishni o'rgatsa, biz nega sayr qilish kerakligini tushuntiramiz», - deydi Mariya.

 

Foydalanuvchilar loyiha haqida shunday deydi:


- «Men nihoyat bir o'zim aylanishga chiqishim mumkin. Odatda buning uchun maqsad kerak, bu yerda maqsadlar soni 500 dan ko'p ekan))»
- «Men aslida yolg'iz sayr qilishni yoqtirmayman, chunki o'zimni g'amgin his qilaman. Biroq kecha shunchalik berilib ketdimki, vaqt qanday o'tganini sezmay ham qoldim»
- «Men uchun oldin qiziqarli bo'lmagan joylarda sayr qilishim mumkin»
- «Sayr qilish sarguzashtga aylanib ketadi! Sen ko'nikib ulgurgan manzil yangidan zavqlantira boshlaydi. “Men u yerga bormasam ham bo'lardi, lekin u yerda sandiq bor”, - deysan va yo'lga chiqasan»

6

O'zgacha «aqlli» neyrotarmoq

«Zest» obyektlarini aniqlash uchun tasniflovchi neyrotarmoq, ya'ni turli obyektlarni farqlay oladigan o'rgatuvchi ilovadan foydalaniladi. Boshqa neyrotarmoqlardan farqi nimada? Oddiy klassifikatorlar turli xil obyektlarni, misol uchun, chashkani shamchiroqdan yaxshi farqlaydi. Biroq bitta chashkani boshqasidan ajrata oladigan neyrotizim bo'lmagan.

 

Pavelning komandasi mavjud bo'lgan neyrotizimni o'zgartirib, bir turdagi obyektlarni bir-biridan ajrata oladigan tizim yaratdi. Ko'plab mutaxassislar bunday neyrotizimni yaratishning iloji yo'qligini aytishgan bo'lsada, Pavelning jamoasidagi dasturchilar buni bor-yo'g'i ikki haftada uddalashdi.

 

«Zest» prototipi uchun jamoa Londondagi Kingston universitetida sovringa ega bo'ldi.

7
8
9
10
3 Фото

Loyihaning boshlanishi

«Zest»ning dastlabki versiyasi ancha keng darajada qo'llanilgan. Masalan, Gomel shahridagi kafelarning birida o'tirib, telefoningiz kamerasini taomlar menyusiga olib borsangiz, ushbu ro'yxatdagi ovqatlarni tatib ko'rgan mijozlarning sharhlarini o'qishingiz va ularga javob qaytarishingiz mumkin edi.

 

2017-yilgi «Zest» Mark Sukerbergning hozirgi Meta-koinotiga o'xshab ketardi. Loyiha qiziqarli bo'lishi uchun ma'lumotlar yetarli bo'lishi kerak, har bir shaharni ma'lumot bilan to'ldirish juda katta g'ayratni talab etadi. Dasturchilar jamoasi ko'plab usullarni qo'llab ko'rishdi, ammo yechim tasodifan paydo bo'ldi.

14

Birdaniga koronovirus pandemiyasi boshlanib ketdi. Hamma obyektlar yopiq, biror joyga borib yoki biror kishi bilan uchrashib bo'lmaydi. Dasturchilar ham zerikkanidan “Zest”ni hozirgi ko'rinishida qayta ishlab chiqishga qaror qilishdi.

 

«Loyihamiz qo'shimcha voqelikka ega ijtimoiy tarmoq sifatida ishga tushgan edi, keyinchalik g'oyalarimiz chegaralari toraydi. Balki vaqt o'tib yana kengayishimiz mumkin, biroq hozir biz odamlarga xursandchilik va quvonch ulashmoqdamiz va bundan mamnunmiz», – deydi loyiha mualliflari. 

14

Ushbu g'oyaning paydo bo'lishiga Mariyaning qisman hissasi bor. «Men sarguzashtlarni yoqtiraman, «Fort Boyard» mening eng sevgan teleko'rsatuvlarimdan biri edi. Pandemiya boshlanib, “Zest”ni rivojlantirish haqida bosh qotira boshlaganimizda, sandiqlar bilan bog'liq g'oya paydo bo'ldi. Biz ushbu g'oyani amalga oshirdik va u odamlarga ma'qul keldi.

 

Piterda shahar o'yinlari madaniyati mavjud, misol uchun, “yuguruvchi shahar” loyihasi. Xuddi shu narsa Yevropada ham bor, bizni Germaniyada quchoq ochib kutib olishdi – foydalanuvchilar nafaqat o'z yurtida, balki qo'shni mamlakatlarda ham sandiqlarni joylashtirmoqda», – deydi Mariya.

 

Kovid bilan bog'liq cheklovlar davrida «Zest» ilovasini Vkontakte tarmog'i orqali targ'ib qilish boshlandi. Mariya Peterburg parklari bo'ylab yurib, sandiqlarni joylashtirib chiqdi. Keyinchalik ushbu tashabbusga boshqalar ham qo'shildi va hozir shaharda to'rt yarim mingdan ko'proq sandiqlar bor. 

16

«Zest» xaritasini ochib qarasangiz, sandiqlar nafaqat Rossiya, Belarus va Yevropa davlatlarida (ilova aynan ushbu hududlar uchun mo'ljallangan), balki Hindiston, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Xitoy, Filippin, AQSH, Braziliya va hatto Somali kabi mamlakatlarda ham paydo bo'la boshlagan. Ushbu o'lkalarda odamlar ilovani o'zlari izlab topib, undan foydalanishmoqda.

17

Noodatiy «Zest»

Odamlarning aksariyati «Zest»dan dasturchilar kutganidek foydalanishmoqda, ammo noodatiy holatlar ham ro'y berib turadi. Masalan, Peterburgda sandiqlarni faqat ko'chadagi ko'rsatkichlarga yashiradigan foydalanuvchilar guruhi bor. 

 

Sandiqlarni payqash qiyin bo'lgan rakursdan rasmga olib joylaydigan «sirli» foydalanuvchilar ham mavjud. Bunday sandiqlarni ochish uchun kerakli burchakdan qarash talab etiladi.

 

Eng noodatiy holat esa Gomelda yuz berdi. U yerda sandiq lazertegga borishni muhokama qilish uchun foydalanib kelingan forum kartinasiga yashirildi.

18

Loyihaning kelajagi

Dasturchilarning rejasida qo'shimcha kontent – turli xil sarguzashtlar, yangi o'yin mexanikalari, yangi turdagi xazinalar va kolleksiyalarga obuna joriy etish orqali ilovadan daromad olish. Hozir ular foydalanuvchilari kam bo'lgan hududlarga ilovani qanday qilib tatbiq etish haqida bosh qotirishmoqda. «Bunday hududlarda ”Zest” – istalgan joyda istalgan narsani yozib qoldirish uchun ajoyib vosita», – deydi Pavel.

19

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish