Ko'p so'raladigan savollar

Bu yerda siz tez-tez beriladigan savollarga javoblar va TBC Bankning foydali maslahatlarini topasiz

Savollar ro'yxatiga qaytish

TBC Kredit

1

Minimal talablarga rioya qilinganiga ishonchingiz qomil bo'lgach, 30 kundan so'ng yana qayta buyurtma berishingiz mumkin bo'ladi.

1

- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi
- Doimiy rasmiy daromadga ega boʻlishi
- Ijobiy kredit tarixi (mavjud boʻlsa)
- Boshqa kreditlar boʻyicha qarzdorlik boʻlmasligi
- MIBda qarzdorlik mavjud boʻlmasligi kerak 

1

Ma'lumotni kredit tarixi bo'yicha ma'lumotlarni to'plovchi Kredit byurosidan bir yilda bir marta bepul olishingiz mumkin. Byuro xizmatlari haqida www.infokredit.uz havolasi orqali KATM saytiga kirib bilib olasiz.

1

Kreditlaringiz uncha ko'p emasdek va yangi to'lov siz uchun qiyinchilik tug'dirmaydigandek tuyulishi mumkin. Ammo kredit yuklamasini osonlik bilan bajara olishingiz muhim.

 

Bank barcha qarzlarni, xususan, siz kafil sifatida ishtirok etgan majburiyatlar bo'yicha qarzlarni ham inobatga oladi.

 

Nima qilish kerak? Yangi kreditlarni rasmiylashtirishdan avval o'zingizning moliyaviy imkoniyatlaringizni tahlil qilib ko'ring. Kredit yuklamasini kamaytirishga urinib ko'rishingiz ham mumkin.

1

Ba'zan so'ralgan summa juda katta bo'lib mumkin. Hatto kredit muddatini uzaytirib, to'lov miqdori minimum darajagacha tushurilgan taqdirda ham, to'lov sizning daromadingizdan ko'proq bo'lishi mumkin. Bunday holatda bank kamroq summani ma'qullaydi yoki kreditni rad etadi.


Nima qilish kerak? Buyurtmada to'lovi sizning daromadingizdan ortiq bo'lmagan kredit summasini ko'rsating. Agar sizning qo'shimcha daromadingiz bo'lsa va siz uni tasdiqlay olsangiz, u albatta inobatga olinadi.

1

Onlayn-mikrokredit shartnomasining 4.8-bandiga muvofiq, kredit muddatidan oldin qisman so'ndirilganida, keyingi to'lovlar jadvali asosiy qarz qoldig'idan annuitet usuli bilan qayta hisoblanadi, bunda to'lovlarni amalga oshirish sanalari o'zgarmaydi.