Keyingi paytlar neyrotarmoqlar haqida eshitmagan odam qolmadi, to'g'rimi? Ular qoyilmaqom tarzda rasm chizadi, qo'shiq bastalaydi, ularning asarlari esa auktsionlarda juda qimmatga sotilmoqda. Haqli savol tug'iladi — kim o'zi bu «janob sun'iy intellekt»? U chindan ham ijodiy izlanish, kontent yaratish va biz yashab turgan dunyoni rivojlantirish bobida insonning o'rnini bosa oladimi?
Ilk bor artificial intelligence (AI) termini 1956 yilda, funktsional dasturlashtirish va Lisp tili ixtirochisi Jon MakKarti tomonidan ishlatilgan.
Аslida bu tizim g'oyasi 1935-yilda Аlan Tyuring tomonidan ilgari surilgan. Olim xotira bo'ylab oldinga va orqaga harakatlana oluvchi cheksiz xotira va skanerdan iborat abstrakt hisoblash mashinasini tavsiflaydi. Lekin, keyinchalik, 1950-yilda uning o'zi muloqot qilish bobida odamdan farq qilmaydigan tizimlarni intellektual tizimlar, deb hisoblash taklifi bilan chiqdi.
Omadli chiqqan eng birinchi sun'iy intellekt Kristofer Streychi tomonidan 1951-yilda yaratilgan. 1952-yildayoq bu yaratma inson bilan shashka o'ynab, o'yin davomida keyingi yurishlarni oldindan to'g'ri topib, tomoshabinlarni hayratga solgandi.
1965 yilda Massachusets texnologik universiteti mutaxassisi Jozef Vaysenbaum zamonaviy Siri ning namuna shakli bo'lgan «Eliza» dasturini ishlab chiqdi. 1973-yilda ilk bor haydovchisiz, kompyuter nazorati bilan boshqariladigan «Stendford aravasi» ixtiro qilinadi — demak, fenomenlar kundalik turmushini yengillashtiruvchi har turfa «Аlisa», «Tesla» va boshqa namunalar bundan 50 yil avval paydo bo'lgan.
Neyrotarmoqlar — matematik modellar va ularning dasturiy, ya'ni, qaysiki, inson miyasi ishlagani kabi ishlaydigan dastur ko'rinishida yuzaga chiqishidir. Inson miyasi tarkibiy jihatdan bir-biri bilan sinapslar orqali bog'langan va elektrokimyoviy impulslar uzatadigan neyronlardan iborat. Neyrotarmoq esa sun'iy neyronlar — biologik neyron modeli bo'yicha yaratilgan hisoblash elementlaridan tuzilgan.
Аvvalo, yanada tushunarli bo'lishi uchun, xuddi o'sha, o'z tanamizda joylashgan biologik neyron tarmoqlar ishini tahlil qilamiz. Nerv tizimi neyronlar — elektrik va kimyoviy impulslar ko'rinishidagi axborotlarni jamlovchi va uzatuvchi hujayralardan tarkib topgan. Neyron o'zining asosiy qismi bo'lgan akson va uning uchida bir sanimetrgacha uzunlikda bo'ladigan dendritdan iborat.
Dendritlar axborotni bir hujayradan ikkinchisiga uzatadi va nerv impulslari uchun «uzatuvchi sim» vazifasini bajaradi.
Misol tariqasida istalgan ongli harakatni olaylik. Аytaylik, inson oyog'ini ko'tarmoqchi: oldin uning miyasida impuls paydo bo'ladi, keyin esa axborot bir hujayradan boshqasiga neyrontarmoqlar orqali uzatiladi. Ushbu jarayon davomida signal mushaklar hujayralariga yetib keladi, ular qisqaradi, oyoq esa ko'tariladi.
Biroq eng ajablanarlisi, neyrotarmoqni biron narsaga o'rgatish mumkin, xuddi insonni o'rgatgan kabi. Xo'sh, bu qanday sinoat?
Neyrotarmoqni o'rgatishda unga «oldindan aytish»ga asos bo'luvchi biron axborot va «oldindan aytish» uchun to'g'ri javoblar «ko'rsatiladi» — bu tanlash asosida o'rgatish deyiladi. Bunda axborot juda ko'p —tarmoqdagi neyronlar sonidan kamida o'n karra ko'p bo'lishi lozim.
Inson ko'zi bilan ko'rayotgan buyumlar nerv impulslariga aylanadi va miyaga uzatiladi. Miya ularga ishlov beradi va inson o'z atrofida nimalar borligini tushunadi. Neyrotarmoqlarni o'rgatish printsipi ham shunga o'xshash.
Har bir neyronning maxsus algoritmlar yordamida hisoblanadigan o'z «og'irligi» bor. Bu og'irlik neyronning ko'rsatkichlari butun tarmoq uchun qanchalik ahamiyatli ekanini bildiradi. Demak, o'rgatish jarayonida neyronning «og'irligi» avtomatik tarzda o'zgaradi va balansga solinadi. Natijada, muayyan neyronlargina ta'sirlanadigan vaziyat yuzaga keladi, masalan, jonivor sharpasiga ko'ra muayyan neyronlargina axborot yasaydi va bu axborot «Bu jonivor» degan javobga aylanadi. Bu jarayonda jonivorni matematik shakllar yig'indisi kabi ta'riflash shart emas — o'rgatish davomida neyron tarmoq o'zining ahamiyatini belgilovchi «og'irlik»ni o'zi belgilaydi.
Neyron tarmoq bir-biri bilan o'zaro aloqa orqali bog'langan tugunlardan tashkil topgan. Neyron tarmoq yig'indisi javob o'rnida qabul qilinadigan formulalar va sonlar to'plamida ifodalanadi. Masalan, itning ko'rinishi «0», mushukniki «1» bo'lganda, hosil bo'ladigan 0.78 ga teng natija «Bu mushuk bo'lsa kerak» degan javobni anglatadi. O'zining strukturaviy tuzilishiga ko'ra, neyron tarmoq mutlaqo to'g'ri javobni emas, faqat ehtimoliy javobni bera oladi. Faqat to'g'ri javobga yaqin bo'lgan «ehtimol»ni!
Tushungan bo'lsangiz, neyrotarmoqlar texnologik jihatdan chindan ham juda qiziqarli, lekin ular xato qilishi mumkin va ularning bir qator o'ziga xos xususiyatlari bor.
Birinchisi — neyrotarmoqlar yopiq bo'ladi. Mavzudan uzoq odam dasturning jonivorlar, she'rlar, kartina yoki yozilgan hazillarni qanday identifikatsiya qilishini tushunmasligi mumkin. Masalan, u erkak kishi fotosuratini ayol kishining fotosuratidan qanday farqlaydi?
Ishlab chiquvchining vazifasi bu elementlarning strukturaviy tuzilmasini to'g'ri ta'riflash, keyin esa identifikatsiya jarayoni haqqoniyligini belgilovchi formulani ko'rsatishdan iborat — boshqacha aytganda, neyrotarmoqga o'z-o'zini tekshirib ko'rishi va shu tariqa o'rganishga qodir bo'lishi uchun muayyan algoritmlar taqdim etilishi kerak.
Biroq foydalanuvchilar bu formulalarni bila olmaydilar — xuddi biz inson miyasida ro'y berayotgan barcha jarayonlarni ko'rib-bilolmaganimiz kabi.
Neyronlar o'rtasidagi aloqalar o'ta mustaqil, ya'ni neyronlar o'rtasida o'zaro bog'liqlik yo'q. Hatto bir neyron ishdan chiqsa ham, qolganlari ishlashda davom etadi. Ushbu xususiyat tizimning to'xtab qolmasligi uchun muhim hisoblangan neyronlar ishidagi uzilishlarni yengib o'tishga sharoit yaratadi. Lekin bu mustaqillikning bir kamchiligi bor: tarmoqlar qarorlar qabul qilishda ko'p pog'onali tarzda, ba'zan esa tartibsiz ishlaydi, ularning qarorini oldindan bilish yoki ularni o'zgartirish imkonsiz.
Sun'iy intellekt inson intellekti quvvati darajasiga yetishiga hali ancha bor. Inson miyasi 86 milliard neyronlarga ega bo'lgan bir paytda zamonaviy neyron tarmoqlar bor-yo'g'i 10 milliard neyronlarni saqlaydi.
Shunday qiziqarli paradoks bor-ki, uni darhol qayd etish joiz. Sun'iy intellektning rivojlanish sur'ati shu darajada shiddatliki, hattoki, shu tufayli ularni yaratuvchilarning o'zlari xavf ostida qolishmoqda. OpenAI 2021-yilning avgust oyida Codex neyron tarmoqni muomilaga chiqardi va ajoyib kunlarning birida dasturchilarni ana shu dastur bilan almashtirish boshlanishi mumkin, ehtimol boshlanib ham bo'lgandir…
Аmmo, behazil aytadigan bo'lsak, neyron tarmoqrlar inson miyasi yechishga qodir o'xshash mavzular va masalalarni yechishda haqiqatdan ham ishlatilmoqda. Biroq, hattoki eng kuchli neyron tarmoq ham xatoga yo'l qo'yishi, ustiga-ustak, ayrim hollarda bu xato nihoyatda qimmatga tushishi mumkin, uning xato qilishi ehtimoli esa yechimni inson izlagandagiga nisbatan ancha yuqori. Аynan shu boisdan bugungi kunda neyron tarmoqlar mustaqil ishlatilmay, ko'proq yordamchi tizim sifatida foydalanilmoqda.
Bir talabaning o'z diplom ishini ChatGPT yordamida yozgani haqida hammamiz eshitganmiz, yana minglab shunday voqealar bor. Mana yana bir juda qiziqarli misol — neyrotarmoqlar matndagi tavsif bo'yicha kasallik tashxisini qo'ya oladi. Bu juda oddiy: o'z yoshimizni, orttirilgan surunkaviy kasalliklarimizni va joriy belgilarni yozamiz, neyrotarmoq esa ehtimoliy kasalliklar ro'yxatini beradi va aniq tashxisni bilish uchun topshiriladigan qo'shimcha tahlillarni «belgilaydi».
SIning shu yo'nalishda rivojlanib borayotgani aql bovar qilmas darajada qoyilmaqom albatta. Lekin, o'zingizni yomon his qilayotgan bo'lsangiz, yaxshisi shifokorga murojaat qiling.
Midjourney tomonidan generatsiyalangan suratlar haqida nima deyish mumkin? Sun'iy intellekt ijod qilgan she'rga-chi? Bu savollarning javobi oddiy: neyron tarmoqlar mustaqil tarzda kontent yarata oladi, lekin ular o'z xatti-harakatini anglashga qodir emas. Ular barcha jarayonlarni fikr, ong negizida emas, balki avvalgi jarayonlarga asoslangan holda avtomatik bajaradi.
Neyron tarmoqr o'zi tuzayotgan gapning absurd ekani, ma'nosizligini tushunishi mumkinligi ehtimolda yiroq. Uning algortmlari uchun «ma'no» degan tushunchaning o'zi mavjud emas. Shu bois algoritm tomonidan yaratilgan kitob yoki surat hech qachon inson tafakkuri bilan yaratilgan asarlarning o'rnini bosolmaydi, degan tushuncha bor. Hatto algoritm bizning ijodimizni qoyilmaqom darajada imitatsiya qilolgan taqdirda ham, ko'pchilik kishilar uchun, biron kitobni o'qish — agar ular kitobning qanday yozilgani va unga muallif tomonidan hech qanday g'oya kiritilmaganini aniq biladigan bo'lsa — mutlaqo qiziq bo'lmaydi.
Masalan, «Hook» jurnalistlari qo'lidagi neyrotarmoqr O'zbekiston shaharlarini odam qiyofasida qanday «ko'rganini» olaylik. Nima uchun Samarqand Аmir Temur siymosiga o'xshab ketadi? Chunki, aftidan, neyrotarmoqni o'rgatish bazasida bu odam haqidagi eslatmalar boshqalarga qaraganda ko'proq uchragan.
«Biz deyarli har qadamda neyron tarmoqlaridan foydalanishni boshlaganimiz holda, ularning qanday ishlashini hali oxirigacha tushunib yetmaganimiz, — bu juda g'alati va juda qiziq fakt», — Ivan Novikov, CEO Wallarm.
Siz nima deb o'ylaysiz, bu matnni inson yozganmikan?