Tezkor kredit olish qanday bo‘ladi?

  • 28 dan 49% gacha

    Kredit stavkasi

  • 3 dan 36 oygacha

    Kredit muddati

Pul kerak bo‘lib qolganda onlayn kreditlar qo‘l keladi.Ularning eng katta afzalligi — bank bo‘limlarining ish jadvaliga moslashish yoki umuman qayergadir borish shart emas. Butun jarayon smartfonda bo‘ladi. Shu sababli kerakli summa masalasi ortiqcha yugur-yugur va qog‘ozbozliklarsiz hal bo‘ladi.


Hammasi onlayn. Bank ilovasiga kirasiz, kerakli summani tanlaysiz va ariza berasiz. Tizim arizangizni ortiqcha bosqichlarsiz va bo‘limda kutishlarsiz, avtomatik ko‘rib chiqadi.


Ariza berish uchun faqat ilova va pasportingiz bo‘lsa yetarli. Jarayon maksimal darajada oddiy: ro‘yxatdan o‘tasiz, kichik arizani to‘ldirasiz va javobini kutasiz. Ofisga qatnash va navbat kutish degan narsalar yo‘q.
 

Tezkor kredit olish online bo‘ladimi?

Oddiy banklarning asosiy muammosi — qog‘ozbozlik. Sizdan daromadni tasdiqlash, ish joyidan ma’lumotnoma olib kelish yoki kafil topishni talab qilishadi. Tez onlayn kreditda esa hammasi ancha sodda. Bu yerda pulni hech qanday ma’lumotnomasiz olish mumkin. Bu frilanser bo‘lib ishlaydiganlar yoki daromadini rasman tasdiqlash imkoniyati yo‘q kishilar uchun ayni muddao.


Ariza barchaga ham ma’qullanavermaydi. Lekin bu yerda ehtimollik standart bank mahsulotlarini olgandan ko‘ra yuqoriroq. Avtomobil yoki kvartirangizni garovga qo‘yishingizga to‘g‘ri kelmaydi — tekshiruvni avtomatlashtirilgan tizim o‘tkazadi. Aslini olganda, onlayn qarzni rasmiylashtirish uchun yoningizda pasport va telefon bo‘lishi yetarli. Bu xarid uchun pul tezda kerak bo‘lib, ma’lumotnomalar yig‘ishga vaqt bo‘lmaganda yordam beradigan yechim.
 

Online kredit olish tezkormi?

Tezkorlik — odamlarning onlayn kreditlarni tanlashiga sabab bo‘luvchi asosiy omil. Hozirda qarorni inson emas, balki maxsus dastur qabul qiladi. U arizangizni bir necha daqiqada tekshirib chiqadi. Shu sababli bir zumda ma’qullash — bu haqiqat. Arizani yuborishingiz bilan tizim ma’lumotlarni solishtiradi va javob beradi.


Kreditni imkon qadar tezroq rasmiylashtirish uchun pasportni oldindan tayyorlab qo‘ygan yaxshi. U arizani tasdiqlash va ma’qullangan kreditni olish uchun kerak bo‘ladi. Pul esa arizani qaysi bankda topshirgan bo‘lsangiz, o‘sha bankning kartasi yoki hisobraqamiga darhol o‘tkazib beriladi.
 

Tez online kredit — shartlar va stavkalar

Tez olinadigan qarzlar bo‘yicha kredit limiti odatda ipoteka yoki avtokreditnikiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Shu sababli kredit muddati ham qisqaroq bo‘ladi. Odatda kredit summasi 300 ming so‘mdan 100 mln so‘mgacha, muddati esa 3 oydan 36 oygacha deb belgilanadi.


Barcha shartlar oldindan ma’lum bo‘ladi: qancha summa olayotganingiz va muddat oxirida qancha qaytarishingiz kerakligi aniq ko‘rsatiladi. Hech qanday yashirin to‘lovlar yoki majburiy sug‘urtalar yo‘q.


Tez olinadigan qarzlar bo‘yicha limitlar odatda to‘laqonli kreditnikiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Biroq  hatto kichik summalar bilan ham to‘lovni kechiktirmagan yaxshi — o‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lovlar sizni ortiqcha jarimalar va foizlardan xalos qiladi. Aslida bir zumda beriladigan onlayn kredit — bu ortiqcha ovoragarchiliksiz, aynan shu yerda va hozir pul kerak bo‘lganda eng oddiy yechim.
 

Tez va qulay kredit

Bu kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar uchun uchun pul kerak bo‘lganda ajoyib yechim. Hujjatlar yig‘ish yoki bankka oldindan yozilib qo‘yish shart emas.


Barchasi telefon orqali bajariladi. Ilovaga kirasiz, arizani to‘ldirasiz va uni ko‘rib chiqish uchun yuborasiz. Keyin qaror menejer ishtirokisiz, avtomatik keladi.


Kredit ma’qullansa, pul hisobraqamingizga o‘tkaziladi. Bank bo‘limiga borish va boshqa ortiqcha harakatlarga hojat yo‘q.


Kreditni to‘lashni ham bank ilovasining o‘zida amalga oshirish mumkin. Buning uchun o‘z kreditingizni tanlab, istalgan kartangizdan kerakli to‘lovni to‘lasangiz yetarli.
 

Ko'p beriladigan savollar

Tez kredit — bu onlayn olinadigan va qisqa muddatlarda beriladigan qarz. Ariza bo‘yicha qarorni bankning avtomatik tizimi qabul qiladi.
 

Bank yoki xizmatni tanlang, ilovada arizani to‘ldiring va uni ko‘rib chiqish uchun yuboring. Javob odatda bir necha daqiqa ichida keladi.

Rasmiylashtirish to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi: pasport ma’lumotlari, ariza va ma’qullash. Ma’qullangach, bankning o‘zi kreditni kartangiz yoki hisobraqamingizga o‘tkazib beriladi.

Onlayn kredit beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlaridan olish mumkin. Shunchaki bank ilovasini yuklab olasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, kartalaringizni qo‘shasiz va kredit olish uchun ariza yuborasiz, bo‘ldi.

TBC kredit mahsulotlari