TBC Salom haqida eng ko‘p berilgan savollar

Bu yerda TBC Bankning foydali bonuslarga ega TBC Salom plastik kartasi haqida eng ko‘p berilgan savollarga javob topasiz. Bu karta sizga 10% gacha keshbek, komissiyasiz pul o‘tkazish va kartada turgan 100 000 so‘mdan ko‘p pul uchun yillik 12% bonus taqdim etadi. Shuningdek, 10 mln so‘mgacha naqd pul yechsangiz, komissiya qaytariladi.

 

Agar izlagan javobingizni topolmasangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga telefon qiling — operatorlarimiz dam olish kunlarisiz ishlashadi va savollaringizga javob berishadi. Telefon raqami: 1150

Visa kartasi deyarli butun dunyoda qabul qilinadi, shuning uchun TBC Salom bilan siz nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham onlayn va oflayn xaridlar uchun to‘lov qila olasiz. Bundan tashqari, Visa’dagi TBC Salom egalari qo‘shimcha imkoniyatlarga ham ega bo‘lishadi:

  • Karta bilan qilingan barcha xaridlardan 1% keshbek.
  • Aeroportda: kutish uchun biznes-zallarga kirish;
  • Fast Track xizmati orqali tezlashtirilgan tekshiruvdan o‘tish.

TBC UZ ilovasida kartani qayta chiqaring. Bosh ekranda "Kartalar" bo‘limida TBC Salom → "Boshqa" → "Kartani qayta chiqarish" knopkalarini bosing.

Xavfsizlik maqsadida, hamma pulingizni TBC UZ ilovasidagi joriy hisobraqamingizga avtomatik o‘tkazamiz. Istasangiz, Visa kartangizni olmaguningizcha Humo tizimidagi TBC Salom foydalanishda davom etishingiz mumkin. Yangi karta ishga tushgach, eski karta yopiladi.

Ha, almashtirish narxi — 50 000 so‘m. Lekin uyga yetkazib berish xizmati hali ham bepul

TBC Salom menyusidagi "Qayta chiqarish" knopkasini bosgach, pulingiz kartadan TBC UZ ilovasidagi joriy hisobraqmingizga avtomatik o‘tkaziladi. Xohlasangiz, pulni kartangizga qaytarib, Visa’dagi TBC Salom ishga tushirguncha undan foydalanishingiz mumkin. Yangi karta ishga tushgach, eski karta yopiladi.

Agar avval TBC Salom ochmagan bo‘lsangiz, chiqarish bepul. Agar kartangizni Humo’dan Visa’ga almashtirmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun 50 000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Yo‘q, biz hech qaysi karta amaliyoti uchun komissiya olmaymiz. Komissiyani faqat boshqa bank bankomatlari, to‘lov terminallari, shuningdek, siz to‘lov qilgan ilova va servislar olishi mumkin.

Shunchaki, uni qayta chiqaring — eski karta yopiladi va biz TBC Salom bepul yetkazib beramiz. Bunining uchun:

  • TBC UZ ilovasiga kiring.
  • "Kartalar" bo‘limida ko‘k TBC plastik kartasini tanlang.
  • "Boshqalar" → "Kartani qayta chiqarish" knopkalarini bosing.

Kartani chiqarish va yetkazib berish uch kungacha vaqt oladi. Uni ushbu shaharlarda uyingizgacha yoki mana shu sahifada ko‘rsatilgan sizga qulay TBC nuqtasiga yetkazib beramiz.
 

Hamkorlarimizdan va maxsus kategoriyalar bo‘yicha xaridlar uchun har oy 10% keshbek hisoblaymiz va sizga oy oxirida keshbek to‘lab beramiz.

Kartada 100 000 so‘mdan boshlab qolgan mablag‘ uchun yillik 12% hisoblaymiz. Dam olish va bayram kunlari uchun foiz oxirgi ish kuni balansiga ko‘ra hisoblanadi. Foizlarni keyingi oyda to‘lab beramiz. Summa bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Misol uchun, agar oyning 30 kunidan faqat 5 kuni davomida kartada 100 000 so‘mdan ko‘p pul bo‘lsa, foizlar faqat o‘sha 5 kun uchun hisoblanadi.

Ikkita usulda va ikkalasi ham bepul. TBC UZ ilovasiga ulangan istalgan kartadan komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin. Istalgan bankomatda naqd pul bilan to‘ldirganda, sizdan komissiya olinadi, lekin biz uni oy oxirida qaytaramiz.

Ha, albatta. Oyiga 10 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni yechib olish uchun komissiya oy oxirida qaytariladi.

Yo‘q, faqat bitta TBC Salom — Visa yoki Humo tizimidagi karta faol holatda qolishi mumkin.

30 kun ichida istalgan xarid yoki to‘lov uchun kamida 2 mln so‘m sarflang. Visa xarajatlarni ko‘radi va siz bir yil davomida kartaning hamma imkoniyatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz:

  • Butun dunyo aeroportlarida DragonPass biznes lounjidan foydalanish.
  • Aeroportlarda Fast Track International servisi bilan tezlashtirilgan nazoratdan o‘tish.
  • Toshkent xalqaro aeroportida bagajni bepul o‘rash.
  • Bon!’dan bepul qahva.
  • Costa Coffee’dan bepul qahva.

TBC Salom va Visa Platinum’ning boshqa barcha imtiyozlaridan yuqoridagi shartlarni bajarmasdan foydalanishingiz mumkin.