“TBC Bank Uzbekistan”da biznes-mijozlar uchun Bosh Shartlar va tariflarga o‘zgartirishlar kiritildi
13.05.2024
Hurmatli mijozlar! 2024-yil 23-mayda kuchga kirgan Bosh Shartlar va tariflarga kiritilgan muhim o‘zgarishlar haqida sizni mamnuniyat bilan xabardor qilamiz.
Endilikda “TBC Bank Uzbekistan”da hisobvaraq ochish maqsadida tarif tanlash uchun alohida qo‘shilgan yangi qulay soʻrov shaklidan foydalanishingiz mumkin. Bu sizning ehtiyojlaringiz va talablaringizga mos keladigan xizmat rejasini osongina tanlash imkonini beradi.
Shuningdek, biz biznes-mijozlar uchun tariflar qatorini kengaytirdik. Endi “Standart” tarifi ham, yangi “Premium” tarifi ham mavjud boʻlib, bu sizga bank xizmatlarini biznesingizga mos ravishda tanlash va moslashtirish uchun koʻproq imkoniyatlar beradi.
Biz doimiy ravishda xizmatlarimizni yaxshilashga hamda “TBC Bank Uzbekistan” bilan oʻzaro munosabatlarimizni yanada samarali va qulayroq qilishga intilamiz. Ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat!