Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha Bosh shartlarining yangi tahrirda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabar
24.05.2022
Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha Bosh shartlarining yangi tahrirda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabar
Hurmatli mijozlar,
“TBC Bank” ATBda 2022 yil 2 iyundan boshlab “TBC Bank” ATBning yangi tahrirdagi Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha Bosh shartlari (keyingi o‘rinlarda “BSh” deb yuritiladi) kuchga kiradi.
BShning 16.3-bandiga koʻra Bank www.tbcbank.uz veb-saytida va/yoki “TBC Bank” ATB boʻlinmalarida 10 (oʻn) kalendar kun ichida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali Mijozni xabardor qilgan holda BShga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
2022 yil 2 iyundan keyin TBC UZ ilovasida bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish orqali siz “TBC Bank” ATBning yangi tahrirdagi Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha Bosh shartlariga rozilik bildirasiz.
Yangi tahrirdagi yuqoridagi BShlar bilan rozi boʻlmasangiz, siz BShlarda koʻzda tutilgan istalgan mavjud aloqa kanallari orqali Bankka tegishli ariza bilan murojaat qilish huquqiga egasiz.