ATB "TBC Bank" mijozlari uchun kreditlash shartnomalaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabarnoma
31.10.2024
Hurmatli "TBC Bank" ATB mijozlari!
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining "Pul majburiyatlari bo‘yicha talablarni qondirish navbati" to‘g‘risidagi 248-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida sizlarga ma’lum qilamiz. Fuqarolik kodeksining 8 va 354-moddalari hamda Bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatish Umumiy shartlarining 16.3-bandiga asosan, Bank qarz oluvchilar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar bo‘yicha kreditlarni to‘lash tartibi yaxshilanishini ma’lum qiladi.
Ushbu o‘zgarishlar mazkur xabarnoma berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan so‘ng kuchga kiradi.
"TBC Bank" ATBga bildirgan ishonchingiz uchun minnatdormiz!
-
Boshqa yangiliklar
20 October