"TBC Bank" ATB omonatlari bo'yicha tariflar o'zgarganligi haqida xabarnoma

26.08.2025

2025-yil 10-sentyabrdan boshlab TBC Omonatning yangilangan shartlari kuchga kiradi:

     Muddatli to‘ldiriladigan omonat "Qisman yechib olinadigan muddatli to‘ldiriladigan omonat" deb qayta nomlanadi.

     Yangi omonat turi qo‘shiladi — "Qisman yechib olinmaydigan muddatli to‘ldiriladigan omonat".

     Muddatli omonatning eng katta summasi 25 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga o‘zgaradi

     Qisman yechib olinadigan muddatli to‘ldiriladigan omonatning eng katta summasi
5 mlrd so‘mdan 1 mlrd so‘mga o‘zgaradi

 

Yangilangan tariflar faqat 2025-yil 10-sentyabrdan keyin ochilgan yangi omonatlarga qo‘llaniladi. Ushbu sanagacha ochilgan omonatlar avvalgi shartlarni saqlab qoladi. Yangi omonat tariflari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.