TBC Uzbekistan ekotizimi sun’iy intellekt bo‘yicha davlat strategiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida TBC Talks. AI Edition tadbirini o‘tkazdi
17.09.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt allaqachon davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi katta til modellari (LLM)ni o‘qitish uchun GPU-klasterlarni ishga tushirish, milliy LLM yaratishni rejalashtirmoqda. Ushbu qadamlar mamlakatning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
«Bizning missiyamiz — texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida insonlarning hayotini qulay va xavfsiz qilish. Buning uchun davlat va biznesning infratuzilmasi va hamkorligi zarur. Biz allaqachon kichik GPU-klasterlarimizni ishga tushirdik va davlat-xususiy sheriklik formatlariga ochiqmiz. Maydon, energiya, sovutish va ekspluatatsiyani o‘z zimmamizga olib, resurslardan kafolatli foydalanish imkoni bilan ta’minlaymiz”, — dedi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos.
Markaziy Osiyoning yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan bu jarayonda faol ishtirok etib, mahalliy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Kompaniya sun’iy intellekt asosidagi o‘z yechimlari — o‘zbek tilida nutqni tanish va sintez qilish texnologiyalari, ikki tilda ishlaydigan LLM va virtual agentlarini ishlab chiqdi va ular allaqachon sotuv va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llanilmoqda.
«Sun’iy intellekt — so‘nggi ikki yildagi strategiyamizning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz uchun bu faqat “tejamkorlik” masalasi emas, maqsadimiz — mijozlar hayotini yengillashtirish va xizmat sifatini yaxshilash. Samaradorlik esa uning mantiqiy natijasidir. Butun mamlakat bo‘ylab jadallashuvni ko‘rib turibmiz va davlat biznesni AI rivojiga jalb qilayotganini qadrlaymiz: hamkorlikda biz allaqachon amaliy infratuzilma masalalarini, jumladan, AI yuklamalari uchun hisoblash quvvatlarini oshirishni hal qildik», — dedi CEO TBC Uzbekistan Nika Kurdiani.
11-sentyabr kuni TBC Uzbekistan Toshkentda TBC Talks. AI Edition konferensiyasini o‘tkazdi. Tadbir davlat, biznes, startaplar vakillari, muhandislar, talabalar va entuziastlarni bir maydonda jamladi. Dastur mamlakatda AI rivojlantirish strategiyasi, texnologiyalarni amalda joriy etish bo‘yicha tajribalar hamda xizmatlarni millionlab foydalanuvchilarga kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan munozaralardan iborat bo‘ldi. Konferensiya spikerlari sifatida TBC Uzbekistan, Alif Holding, Uzinfocom, TASS Vision va mamlakatning boshqa yetakchi texnologik kompaniyalari ekspertlari, shuningdek quyidagilar ishtirok etdi:
· Otabek Nosirov, Markaziy Osiyo Fintex assotsiatsiyasi raisi
· Behzod Ismoilov, Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi (AICA) boshqaruvchi direktori
· Yevgeniy Lisnyak, Visa kompaniyasi katta direktori, Ukraina, Gruziya, MDH va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlarida strategik sheriklik, fintex va qo‘shma loyihalar departamenti rahbari
Konferensiya professional hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbirda 300 dan ortiq kishi oflayn qatnashgan bo‘lsa, 650 nafar tomoshabin onlayn translyatsiyani kuzatdi. Bunday ishtirok darajasi O‘zbekistonda sun’iy intellekt rivojlanishining naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi va mahalliy AI texnologiyalariga bo‘lgan talab bugun misli ko‘rilmagan darajada yuqori ekanini tasdiqlaydi.