TBC Bank yangi “Odat” onlayn omonat turini yo‘lga qo‘ymoqda
10.08.2025
O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank TBC Bank “Odat” nomli yangi onlayn omonat turini ishga tushirganini ma’lum qiladi. U bank omonatlari tizimini kengaytirib, mijozlarga moslashuvchan, tushunarli va to‘liq raqamli jamg‘arma vositasini taqdim etadi.
TBC Bank mijozlari yillik 17% stavka bilan muddatsiz “Odat” omonatini ochishi mumkin. Foizlar avtomatik tarzda omonatga qayta qo‘shiladi va bu uning daromadliligini 18,39% gacha oshiradi. Omonatni ochish uchun eng kam summa 1000 so‘m, eng ko‘p summa esa 200 mln so‘mni tashkil qiladi. Omonatga pul qo‘yish va undan pul yechishga cheklovlar yo‘q — muddatidan oldin pul yechilganda ham hisoblangan foizlarni saqlab qolish imkoniyati bor.
“Odat” omonati — jamg‘arishni boshlash soddaroq bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan mahsulot. TBC UZ mobil ilovasining "Omonatlar" bo‘limida bankka bormasdan, to‘liq onlayn tarzda ushbu omonatni ochish mumkin.
Omonat bo‘yicha yangilangan tariflar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali topishingiz mumkin.