"TBC Bank" ATB tariflarining o'zgarishi haqida xabar
04.08.2025
Hurmatli mijozlar, 2025-yil 15-avgustdan yangilangan tariflar kuchga kiradi:
"Kreditlar, kartalar, ma’lumotnomalar bo‘yicha" tariflarida 2024-yil 21-oktyabrgacha chiqarilgan Humo/Uzcard virtual kartalari va Humo plastik kartalaridan pul o‘tkazmalari uchun komissiya o‘zgardi: karta raqami bo‘yicha boshqa banklarning Humo/Uzcard kartalariga yoki TBC UZ ilovasida qo‘shilgan kartalar o‘rtasida o‘tkazma uchun komissiya o‘tkazma summasining 1,99% ni tashkil qiladi. "Joriy hisobraqam bo‘yicha" tariflarida pul o‘tkazmalari uchun komissiya o‘zgardi: TBC UZ ilovasidagi karta raqami bo‘yicha boshqa bankka o‘tkazma uchun komissiya o‘tkazma summasining 1,99% ni tashkil qiladi.
Yangi tariflar haqida batafsil ma'lumot olish uchun shu havolaga kiring: https://tbcbank.uz/ru/documents/tariffs/