TBC Bank Group keysi: IMD biznes maktabi kompaniyaning mintaqadagi yetakchi moliyaviy provayderga aylanish jarayonini tahlil qildi
30.04.2025
• Tadqiqotda kompaniyaning mahalliy bankdan, mintaqada eng muvaffaqiyatli moliyaviy ta’minotchilaridan biri bo‘lish yo‘li yoritiladi
London fond birjasida ro‘yxatga olingan, Gruziya va O‘zbekistondagi yetakchi moliyaviy xizmatlar hamda raqamli bank ekotizimi operatori bo‘lgan TBC Bank Group, dunyoning nufuzli biznes maktablaridan biri — Shveytsariya Xalqaro boshqaruv instituti (IMD) tomonidan muvaffaqiyatli rivojlanishi haqidagi tadqiqotni e’lon qilganini ma’lum qiladi. Tadqiqotda, bank qanday qilib mintaqaning yetakchi moliyaviy xizmatlar ta’minotchilari qatoriga kirishga muvaffaq bo‘lgani ko‘rib chiqilgan.
«TBC Bank Group: Vaqt sinovidan o‘tgan muvaffaqiyat tarixi» nomli material (inglizcha nomi: TBC Group: Future-Proofing a History of Success) kompaniyaning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tahlil qiladi va IMD tomonidan moliyaviy xizmatlar biznesini rivojlanayotgan bozorlarda texnologiyalarga tayangan holda muvaffaqiyatli kengaytirish bo‘yicha o‘quv materiali sifatida qo‘llaniladi.
Keysda Gruppaning moliyaviy xizmatlar sohasida qanday qilib yetakchilikka erishgani va xalqaro kengayishni boshlagani yoritilgan, xususan, kompaniyaning O‘zbekiston chakana bank bozorida qisqa vaqt ichida ishonchli pozitsiyani egallagani hamda Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimiga aylangani haqida so‘z boradi.
IMD, shuningdek, TBC Bank Group’ning o‘sishiga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lgan xalqaro rivojlanish strategiyasini yoritadi. Gruziya bozorida yetakchi o‘rinni egallagan TBC, raqamli moliyaviy xizmatlarni ilgari surish uchun aholi zich yashaydigan, rivojlanayotgan, katta o‘sish salohiyatiga ega va bunday xizmatlar yetarli darajada kirib bormagan bozorlarda yangi imkoniyatlarni izlay boshladi. O‘zbekiston ushbu yo‘nalishdagi birinchi bozor bo‘ldi. TBC Group u yerda 2019-yil faoliyatini boshlagan va shundan beri butun mintaqa uchun muhim bo‘lgan raqamli bank ekotizimini qurish va kengaytirish ustida ishlamoqda. Fintexning uchta tez sur’atda rivojlanayotgan yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan TBC Uzbekistan ishga tushirilganidan atigi ikki yil o‘tib foyda ko‘ra boshladi – bu esa jahon miqyosidagi raqamli banklar orasida rekord darajadagi tezkor natija hisoblanadi. Hozirda TBC Uzbekistan xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 18,4 millionga yetgan bo‘lib, bu – mamlakat aholisining qariyb yarmiga teng. Bankning kredit portfeli har yili ikki baravar oshayotgan bo’lsa, 2024-yilda olingan sof foyda 41 million AQSh dollarini tashkil etdi. TBC Uzbekistan allaqachon Gruppa natijalariga sezilarli hissa qo‘shmoqda, va bu ulush kelajakda yanada oshishi kutilmoqda.
Vaxtang Butskrixidze, TBC Bank Group bosh direktori:
«Biz IMD biznes maktabining qiziqish bildirganidan va ularning Gruziyadagi mahalliy bankdan muvaffaqiyatli xalqaro raqamli bank operatorigacha bo‘lgan yo‘limizni chuqur tahlil qilganidan mamnunmiz. Gruziya va O‘zbekiston kabi ilgari yetarlicha e’tibor qaratilmagan bozorlardagi biznesimizni jahon hamjamiyatiga tanishtirish – biz uchun katta sharaf. Biz rivojlanishda davom etar ekanmiz, o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash va aksiyadorlarimiz uchun yaxshi moliyaviy natijalarni ta’minlashga intilamiz. TBC’ning qimmatli qog‘ozlari London fond birjasida sotuvda bo‘lgani bois, dunyo bo‘ylab investorlar ularni xarid qilish imkoniyatiga ega va, menimcha, bu holat IMD’da ta’lim oluvchilarini ham ilhomlantiradi. Ayni paytda biz TBC’ning kelajagini shakllantirish bilan bandmiz, jumladan, istiqbolli yangi bozorni o‘zlashtirishni boshladik».
Tahliliy tadqiqotning qisqacha sharhi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.imd.org/research-knowledge/strategy/case-studies/tbc-group-future-proofing-a-history-of-success/
IMD
Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti (IMD) – biznes yetakchilarini tayyorlashga kirishgan ilk muassasalardan biri bo‘lib, bu borada 75 yildan ortiq tajribaga ega. Institut Shveytsariyada biznesmenlar uchun biznesmenlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda innovatsion yondashuvlari bilan butun dunyoda tan olingan. IMD’ning asosiy kampuslari Lozanna va Singapurda joylashgan bo‘lib, Shenchjen shahrida Menejment Rivojlanish Markazi, Keyptaunda esa Innovatsiyalar Markaziga ega. Institutning ta’lim faoliyati nafaqat jismoniy shaxslar, balki kompaniyalar tomonidan ham yuqori darajada ishonch bilan e’tirof etilgan. IMD tomonidan rahbarlar uchun taqdim etiladigan kurslar hamda ilmiy daraja olishga qaratilgan dasturlar muntazam ravishda Financial Times, Bloomberg, Forbes va boshqa nufuzli manbalar tomonidan tuziladigan dunyoning eng yaxshi reytinglaridan o‘rin olib keladi. Institutda xalqaro miqyosdagi innovatorlar va ilg‘or ekspertlar faoliyat yuritadi. Ularning tadqiqotlari, o‘quv materiallari hamda ilovalari doimo yuqori e’tirofga sazovor bo‘ladi. IMD boshqaruv amaliyotini ilmiy yondashuv bilan uyg‘unlashtirgan holda, yetakchilarga muammolarni hal etish, g‘oyalarni kengaytirish va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.