TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mamlakatdagi ilk to‘liq raqamli bank servisi – TBC Business’ni ishga tushirmoqda

22.12.2024

Toshkent, Ozbekiston — 2024-yil 20-dekabr   Markaziy Osiyodagi raqamli banking yetakchi ekotizimi TBC Uzbekistan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun birinchi to‘liq raqamli bank servisi - TBC Business ishga tushirilishini e’lon qiladi.

 

Ushbu qadam TBC mahsulotlari qatorini kengaytirish, yangi mijozlar segmentlariga chiqish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish strategiyasining bir qismidir. TBC Business yangi servisi konsepsiyasi - bu mijozlarga barcha bank va tegishli amaliyotlarni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi oddiy, tezkor va qulay tranzaksiya xizmatidir

 

"Qisqa muddat ichida jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida sezilarli yutuqlarga erishib, endi biznes uchun xizmatimizni ishga tushirayotganimizni e’lon qilishdan goyat mamnunmiz.

Ushbu mahsulot Ozbekistonda kichik va orta biznesga bank xizmati korsatish haqidagi tasavvurni butunlay ozgartiradi. Mamlakatda birinchi bo‘lib kichik va o‘rta biznes uchun to‘liq raqamli bankingni taklif qilar ekanmiz, biz mijozlarga ma’muriy vazifalarga emas, balki biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratish imkonini beradigan samarali vositalarni taqdim etamiz. TBC Business’ning ishga tushirilishi O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlarni transformatsiya qilishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadi. O‘zbekistonning demografik salohiyati va tadbirkorlik rivojlanishini inobatga olgan holda, biz yangi xizmat uchun katta istiqbollar borligini ko‘ryapmiz", deya takidladi TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani.

TBC Uzbekistan texnologik platformasi va davlat xizmatlarining keng malumotlar bazalarini integratsiya qilish natijasida TBC Businessda mavjud bolgan toliq raqamli royxatdan otish jarayoni bozorda analoglari yoq va foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylikni taminlaydi. Hisob ochish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, ma’lumotlarni tekshirish esa avtomatik tarzda amalga oshiriladi - hujjatlarni taqdim etish shart emas. Shuningdek, platformada, ishga tushirish paytida, kecha-yu kunduz to‘lov qilish, kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovni bir zumda amalga oshirish, shablonlar avtomatlashtirilgan holda tezkor to‘lovlar, xodimlarning akkauntga kirish huquqlarini sozlash va boshqa imkoniyatlar taqdim etilgan.

 

"Bu yo‘nalishda katta rejalarimiz bor. Biz TBC Business servisiga yangi imkoniyatlar va xizmatlarni qo‘shib boramiz. Xususan, kelgusi yilning kuziga qadar kichik va o‘rta biznes uchun aylanma mablag‘larni kreditlash xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchimiz", — deb qo‘shimcha qildi Nika Kurdiani.

 

TBC Uzbekistan

TBC Uzbekistan – Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lib, London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiradi.

TBC Uzbekistan uchta tez rivojlanayotgan fintech biznesini o‘z ichiga oladi: TBC UZ mobil banki, jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar uchun payme ilovasi, va shuningdek, tez rivojlanayotgan Payme Nasiya muddatli to‘lov xizmati.

TBC Uzbekistan faoliyatidan ikki yil o‘tib daromad ko‘ra boshlagan bankka aylandi va dunyodagi raqamli banklar orasida rekord o‘rnatdi. 2024-yilda bank mijozlari soni 17 millionga yetdi. 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, sof foyda 27 million AQSh dollarini tashkil etdi, kredit va depozit portfellari hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 99% va 66%ga oshdi.