TBC Bank Oʻzbekistonda birinchi bor havoni tozalash xususiyatiga ega boʻlgan devoriy tasvirni taqdim etdi

18.03.2025

Toshkentning Sergeli tumanida mahalliy rassom Nadejda Riksiyeva TBC Bank bilan hamkorlikda yaratgan noyob devoriy rasm paydo boʻldi. Ushbu sanʼat asari shaharning koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga, innovatsion Airlite boʻyoqlari yordamida havoni ham tozalaydi. Ushbu texnologiya shaharlardagi havoning ifloslanishiga qarshi kurashda eng istiqbolli yechimlardan biri sifatida BMT tomonidan tan olingan boʻlib, bir qator xalqaro loyihalarda oʻz samaradorligini isbotlagan va endilikda ilk bor Oʻzbekistonda qoʻllanilmoqda. Mural uchun joy tasodifiy tanlanmagan: Sergeli tumaniToshkentning eng jadal rivojlanayotgan, aholi zich joylashgan hududlaridan biri boʻlib, loyihaning koʻplab insonlarni qamrab olib, ularni ilhomlantirishiga imkon yaratadi. 

 

Boʻyoqning taʼsiri xuddi momaqaldiroqdan keyin havoning manfiy zaryadlangan ionlar bilan tozalanishi yoki oʻsimliklarning havodagi karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib chiqaruvchi fotosintez kabi tabiiy jarayonga asoslangan. Quyosh nuri taʼsirida boʻyoq havodagi ifloslangan zarralar, yaʼni azot oksidlarini zararsizlantiradi va xuddi shunday maydonga ega yashil hudud kabi zararli chiqindilar darajasini samarali ravishda kamaytiradi. 250 m² lik qoplama kuniga 50 ta avtomobildan chiqadigan zararli moddalarni neytrallay oladi. 

 

Nodira Shermatova, TBC Uzbekistan marketing direktori: 

“Yangi mural sanʼat va texnologiyaning uygʻunligi orqali shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shaharsozlik yondashuvini ifodalaydi. Biz nafaqat moliyaviy innovatsiyalarni joriy etishga, balki mijozlarimiz yashaydigan shaharlarning barqaror rivojlanishiga ham hissa qoʻshishga harakat qilamiz. Shuningdek, biz sanʼat rivojiga eʼtibor qaratib, isteʼdodli oʻzbekistonlik rassomni qoʻllab-quvvatlashdan mamnunmiz. Ushbu loyiha korporativ ijtimoiy masʼuliyat tamoyillarimizni va ijobiy oʻzgarishlarga intilishimizni oʻzida aks ettiradi.” 

 

Mural taqdimoti bilan birga, TBC Bank aholining atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga ilhomlantiruvchi maʼrifiy loyihani ham boshladi. mural.tbcbank.uz saytida ekologik tashabbuslarning taqvimi jamlangan boʻlib, u volontyorlik va jamoat harakatlarida ishtirok etishni istagan barcha uchun ochiq. Ushbu taqvim dasturida daraxt ekish aksiyalari, toza texnologiyalar boʻyicha yechimlar ishlab chiqish uchun xakaton, plogging, fototanlovlar va boshqa tadbirlar oʻrin olgan. 

 

Yaqin kunlarda @tbcbankuzbekistan Instagram sahifasida bir martalik plastmassa va qogʻoz cheklardan voz kechish, batareyalarni toʻgʻri utilizatsiya qilish va xona oʻsimliklarini koʻpaytirish kabi kunlik eko-odatlarni shakllantirishga ilhomlantiruvchi besh qismdan iborat chellenj start olishi rejalashtirilgan. 

 

Oʻzbekistonda 2025-yil Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili deb eʼlon qilingan bir paytda, bunday loyihalar ekologik chaqiriqlar va ularning yechimlariga eʼtiborni yanada kuchaytiradi. TBC Bank kelajakda bunday ekologik devoriy tasvirlar boshqa shaharlarda ham paydo boʻlishi va ekologik madaniyatning rivojlanishiga hissa qoʻshishiga umid qiladi.