Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar
18.04.2024
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashining 2024 yil 18 apreldagi qaroriga asosan 2024 yil 10 may kuni soat 15:00 da Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
- “TBC Bank” ATBning ustav kapitalini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirish.
- “TBC Bank” ATB aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash.
Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2024 yil 10 may, Toshkent vaqti boʻyicha soat 14:00 dan 15:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2024 yil 6 may holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27