AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI XABAR
13.01.2023
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashining 2023 yil 12 yanvardagi qaroriga asosan 2023 yil 6 fevral kuni soat 17:00 da masofadan turib videokonferensaloqa va evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali ishtirok etish imkoniyati bilan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
- “TBC Bank” ATB ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirish
- “TBC Bank” ATB aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash.
Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy, videokonferensaloqa va evote.uz elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda masofadan turib qatnashish imkoniyati mavjud.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2023 yil 6 fevral, soat 16:00 dan 17:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B (masofadan turib qatnashganda – evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali).
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2023 yil 31 yanvar holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etgan holda ishtirok etish hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish byulletenlari yoki evote.uz elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda masofadan turib ovoz berish huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.