Yangi xizmat ko'rsatish nuqtalari ochilmoqda. Sergelidagi ofis faoliyatini to'xtatadi.

29.09.2023

TBC Bankning to'rtta yangi xizmat ko'rsatish nuqtasi ochilmoqda. Sizni quyidagi manzillarda kutamiz:

 

- Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mikrorayon, N.Zokirov ko'chasi, 3-uy. Mo'ljal: "MEGABIT" do'koni.
- Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent ko'chasi. Mo'ljal: "Makro" SM.
- Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 134-uy. Mo'ljal: "Makro" kompleksi.
- Xorazm viloyati, Xo'jayli tumani, Mustaqillik ko'chasi. Mo'ljal: Avtovokzal.

 

Shuningdek, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko'chasi, Yangi Bunyodobod MFY, Avtomobil bozori hududida joylashgan TBC Bankning bank xizmat ko'rsatish markazi 2023-yilning 15-oktyabridan boshlab mijozlarga xizmat ko'rsatishni to'xtatadi. Ushbu tumanda yashovchi mijozlar quyidagi eng yaqin manzil bo'yicha TBC Bank nuqtasiga tashrif buyurishi mumkin:

 

- Sergeli tumani, Lutfkor ko'chasi. Mo'ljal: Sergeli yarmarkasi.

 

TBC Bankning xizmat ko'rsatish nuqtalarida mutaxassislar sizga bank xizmatlari va mahsulotlari bilan bog'liq masalalarda sizga yordam berishadi.