Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar
18.12.2024
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashining 2024 yil 19 dekabrdagi qaroriga asosan 2025 yil 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
- “TBC Bank” ATB Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
- “TBC Bank” ATBning 2024 yil 10 dekabrdagi R0911-9-sonli ilgari ro‘yxatga olingan aksiyalar emissiyasiga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz.
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2025 yil 10 yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2025 yil 6 yanvar holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.