CEO TBC Uzbekistan Nika Kurdiani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

18.08.2025

Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 18-avgust —Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi TBC Uzbekistan rahbari tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
 
Nika Kurdianining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash borasidagi yutuqlari, kichik va o‘rta biznes rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi qayd etildi.
 
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:  
“Men uchun “Do‘stlik” ordenini olish katta sharaf. Men bu mukofotni shaxsiy yutuq emas, balki butun jamoamizning mehnati va qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida qabul qilaman. TBC Uzbekistan besh yillik faoliyati davomida mamlakatda moliyaviy xizmatlar haqidagi tasavvurni o‘zgartiradigan ekotizimni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Biz bu natijadan nafaqat faxrlanamiz, balki o‘zimiz yashayotgan va rivojlanayotgan mamlakatimizda kelajagimizni barpo etayotganimizni his qilamiz. Biz eng yuqori xalqaro standartlarga javob berish va millionlab foydalanuvchilarning umidlarini oqlash uchun yangi mahsulotlarni ishga tushirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishda davom etamiz”.
 
TBC Uzbekistan – bu TBC Bank raqamli banki, jismoniy shaxslar va biznes uchun to‘lov ilovasi payme, xaridlarni muddatli to‘lov bilan amalga oshirish xizmati payme nasiya hamda TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ekotizim 21 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi, mintaqadagi eng yirik texnologik investorlar qatoriga kiradi hamda biznes va aholi uchun raqamli xizmatlarni faol rivojlantirishda davom etmoqda.
 
Ekotizim o‘zbek va rus tillarida Speech Tech va LLM kabi o‘z yechimlarini ishlab chiqishga 10 million AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritib, sun’iy intellekt texnologiyalarini faol rivojlantirmoqda. 2019-yildan buyon kompaniya aksiyadorlari — TBC Bank Group, YeTTB va XMK — O‘zbekiston iqtisodiyotiga 400 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgan.
 
TBC Uzbekistan barqaror rivojlanishga katta e’tibor qaratadi: ekologik loyihalarni va shahar infratuzilmasini yaxshilashga oid tashabbuslarni amalga oshiradi, ayollarni tadbirkorlik va texnologiya sohalarida qo‘llab-quvvatlaydi, moliyaviy savodxonlikni oshirishga va mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylashga yordam beradi.