TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun TBC Business’da obuna xizmatini ishga tushirdi
08.02.2025
TBC Bank yangiliklari
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun TBC Business’da obuna xizmatini ishga tushirdi
Toshkent, O‘zbekiston — 2026-yil 9-fevral — TBC Uzbekistan, Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi, O‘zbekistonda biznes uchun ilk to‘liq raqamli bank xizmati TBC Business doirasida tadbirkorlar uchun mahsulotlar qatorini kengaytirmoqda.
Obuna kundalik moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi, xarajatlar hamda operatsion yukni kamaytirishga yordam beradi. Bunday yondashuv bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay qiladi va hisob-kitob-kassa xizmatlari bo‘yicha xarajatlarni oldindan rejalashtirish imkonini beradi.
Business tarifida (oyiga 170 000 so‘m) TBC Bank ichida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga foizsiz o‘tkazmalar, boshqa banklarga oyiga 100 mln so‘mgacha foizsiz o‘tkazmalar, cheklanmagan byudjet to‘lovlari, MUNIS orqali 10 ta bepul operatsiya hamda ommaviy o‘tkazmalar funksiyasiga kirish imkoniyati mavjud. Business Pro tarifida (oyiga 600 000 so‘m) shu shartlar saqlanib qoladi, biroq banklararo foizsiz o‘tkazmalar limiti 500 mln so‘mgacha oshiriladi va MUNIS orqali 20 ta bepul operatsiya taqdim etiladi.
Shuningdek, obuna foydalanuvchilari kontragentlarga ommaviy o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega: har bir to‘lovni alohida kiritish o‘rniga, ular barcha hisob-raqamlar ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan bitta faylni TBC Business’ga yuklab, to‘lovlarni tezroq yuborishlari mumkin.
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan TBC Business onlayn-bankingini izchil rivojlantirmoqda. 2025-yil aprel oyida yuridik shaxslar uchun moslashuvchan shartlarga ega onlayn kreditlash yo‘lga qo‘yilgan edi. Yangi obuna biznes mahsulotlari qatorini yanada kuchaytirib, xizmatni qulayroq va tejamkorroq qiladi.
TBC Uzbekistan haqida
TBC Uzbekistan — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi bo‘lib, u uchta jadal rivojlanayotgan fintex yo‘nalishini birlashtiradi: raqamli bank TBC Bank, jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun mo‘ljallangan raqamli to‘lovlar ilovasi payme, xaridlarni bo‘lib to‘lashga imkon beruvchi tez sur’atlarda rivojlanayotgan payme nasiya xizmati, shuningdek, TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi.
Ekotizim ishga tushirilganidan ikki yil o‘tib foyda ko‘rsatkichiga chiqib, dunyodagi raqamli banklar orasida rekord natijani qayd etdi.
2025-yilda TBC Uzbekistan CNBC va Statista tomonidan tuzilgan dunyoning yetakchi fintex kompaniyalari reytingiga kiritilib, ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan ilk vakil bo‘ldi.