TBC Uzbekistan Toshkent xalqaro investitsiya forumining hamkoriga aylandi va mamlakat iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda
12.06.2026
Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli moliyaviy xizmatlar ekotizimlaridan biri bo‘lgan TBC Uzbekistan 16-18-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TXIF) yana bir bor hamkor sifatida ishtirok etadi.
TXIF — mamlakatning asosiy xalqaro iqtisodiy tadbiri bo‘lib, O‘zbekistonning jadal rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan ishtirokchilarni, jumladan, hukumat, biznes vakillari va yirik xalqaro investorlarni birlashtiradi. TBC Uzbekistan mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli sarmoya kiritayotgan investor sifatida forumning ishbilarmonlik dasturida faol qatnashadi va raqamli moliyaviy ekotizimni rivojlantirish borasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashadi. Ekotizim vakillari Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiya, moliyaviy innovatsiyalar, sun’iy intellekt va moliyaviy xizmatlar kelajagiga bag‘ishlangan muhokamalarda ishtirok etadilar. Shuningdek, mamlakatga xalqaro investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati ham alohida taʼkidlanadi.
17-iyun kuni aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilingan TBC Bank Group bosh direktori Vaxtang Butsxrikidze O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va EY hamkorligida tashkil etiladigan yopiq biznes-nonushtada ishtirok etadi. Uchrashuv davomida sun’iy intellektdan mehnat unumdorligini oshirish vositasi sifatida foydalanish, shuningdek, O‘zbekistonning kelajakdagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinadi.
Keyingi kuni TBC Digital kuzatuv kengashi raisi Oliver Hyuz “Keng ko‘lamli o‘sish: TBC Uzbekistan rivojlanishining navbatdagi bosqichi” mavzusidagi Fireside chat sessiyasida ishtirok etadi. Muhokama davomida u ekotizimni rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi hamda mintaqaning yetakchi raqamli moliyaviy platformalaridan birining kelgusi rivojlanish rejalari haqida so‘z yuritadi.
“Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekiston uchun muhim voqea bo‘lib, mamlakatning jadal iqtisodiy o‘sishi fonida global ishbilarmonlik kun tartibida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, TBC Uzbekistan Xorijiy investorlar kengashi hamda O‘zbekistondagi The Coca-Cola Company hamkorligida ilk bor tashkil etilayotgan ESG mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etadi. Mazkur mukofot mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi xalqaro investorlarni e’tirof etishga qaratilgan. Marosim davomida xususiy sektor O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shishi va mamlakatning izchil rivojlanishini qanday qo‘llab-quvvatlashi namoyish etiladi. Bu esa ekotizimning mas’uliyatli o‘sish, moliyaviy inklyuziya va innovatsiyalar tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.