TBC Uzbekistan moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalar uchun Global Finance mukofotiga sazovor bo‘ldi

22.04.2026

Hakamlar hay’ati ekotizimni Markaziy Osiyoda bank xizmatlari uchun yaratilgan ilk sun’iy intellekt yordamchisi — Lola’ni ishlab chiqqani uchun e’tirof etdi.

Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Global Finance’ning Top Financial Innovation Award mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot The Innovators Awards 2026 doirasida topshirildi.

Hakamlar hay’ati ekotizimni Markaziy Osiyoda bank xizmatlari uchun yaratilgan ilk sun’iy intellekt yordamchisi — Lola’ni ishlab chiqqani uchun e’tirof etdi. Yechim generativ sun’iy intellekt, o‘zbek tilidagi mualliflik tilmodellari hamda nutq texnologiyalari asosida yaratilgan. Lola raqamli formatda shaxsiy moliyaviy yordamchi sifatida ishlaydi: kundalik vazifalarni hal qilishda yordam beradi, savollarga javob beradi va foydalanuvchigamoliyasini boshqarishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

Kengayib borgani sari Lola TBC Uzbekistan ekotizimi bilan o‘zaro aloqaning asosiy interfeysiga aylanadi. Yordamchi nafaqat so‘rovlarni qayta ishlaydi, balki xizmatlar bo‘yicha yordamdan tortib, byudjetni rejalashtirish vamoliyaviy mahsulotlarni tushuntirishgacha bo‘lgan yechimlarni ham oldindan taklif qiladi.

Kelajakda Lola jismoniy shaxslar va biznes uchun mo‘ljallangan ikki tomonlama ekotizimni rivojlantirishning muhim qismiga aylanadi. Tadbirkorlar uchun mahsulot taklifi kengayib borar ekan, yordamchi biznes va har oy 6 million faol foydalanuvchidan iborat auditoriya o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Mazkur mukofot TBC Uzbekistan’ning texnologik rivojlanishini va sun’iy intellekt asosida qulay raqamli moliyaviy xizmatlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlarini ta’kidlaydi.

TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani shunday dedi:

“Ushbu mukofot texnologik yechimlarimiz darajasi va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoda innovatsiyalarni rivojlantirishdagi o‘rnimizni aks ettiradi. Biz mintaqadagi eng yirik sun’iy intellekt loyihalaridan birini amalgaoshirib, mahalliy kontekstni hisobga olgan holda o‘z nutq texnologiyalarimiz va til modellarimizni rivojlantirmoqdamiz. Bir yildan ortiq vaqt davomida biz sun’iy intellekt yechimlaridan turli yo‘nalishlarda foydalanibkelmoqdamiz. Ishonchimiz komilki, Lola foydalanuvchi tajribasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy mahsulotga aylanadi. Bu yondashuv xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega.”

Global Finance tomonidan tashkil etiladigan The Innovators Awards mukofoti o‘n yildan ortiq vaqt davomida texnologiyalarni joriy etish va yangi yechimlar yaratish orqali soha kelajagini shakllantirayotgan moliyaviytashkilotlarni taqdirlab kelmoqda.