Shubhali va/yoki gumonli operatsiyalarning oldini olish bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartlarining yangilanishi
08.01.2025
TBC Bank yangiliklari
Shubhali va/yoki gumonli operatsiyalarning oldini olish bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartlarining yangilanishi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qaroriga muvofiq (2017-yil 23-mayda 2886-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Bankning Umumiy shartlariga xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya qilish to‘g‘risidagi qoidalar aniqlik kiritildi.
Yangilanishlarga ko‘ra, Bank quyidagi huquqlarga ega:
shubhali va/yoki gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda, xizmatlar va operatsiyalardan foydalanishni 30 ish kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish;
xalqaro sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni bir tomonlama tartibda to‘xtatish.
Mazkur chora-tadbirlar bizning xizmatlarimizdan ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlashga, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning xalqaro va milliy standartlariga rioya etishga qaratilgan.
Batafsil: https://tbcbank.uz/uz/documents/