“Kompromatuzb” telegram kanalidagi xabarga izoh

07.11.2022

21-oktabr kuni "Kompromatuzb" Telegram-kanalida TBC Bank o'z mijoziga kredit shartlarida ko'rsatilgan 30% foiz stavkasi o'rniga 49% stavka bo'yicha kredit ajratgani to'g'risida xabar paydo bo'ldi.

 

Shu munosabat bilan bank quyidagilarni ma'lum qiladi. TBC UZ ilovasida kredit narxini hisob-kitob qilish uchun qulay bo'lgan foiz stavkasidan foydalaniladi. Mijozga ma'qullangan foiz stavkasi esa kredit rasmiylashtirilganidan so'ng aks etadi. Shuningdek, bank olingan kreditning foiz stavkasini foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirmaydi. 

 

Ushbu xabar yuzasidan o'tkazilgan tekshiruv natijasida hech qanday texnik xatolik aniqlanmadi.