TBC Kredit to'lovni muddatidan oldin qaytarish tartibi
27.04.2022
Kredit to'lovlarini muddatidan oldin to'lashda kredit shartnomasi shartlari noaniq ekanligi haqida Telegram-kanalda paydo bo'lgan xabar munosabati bilan, shuningdek Markaziy bankning 2022-yil 25-apreldagi 26-son ko'rsatmasi asosida TBC Bank quyida bankda onlayn-mikroqarzni muddatidan oldin to'lash shartlari haqida rasmiy tushuntirish beradi
Hurmatli mijozlar!

QAYTARISH TARTIBI
- Qarz oluvchi tomonidan onlayn mikrokredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, Bank tomonidan to'lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- To'lov kunida hisoblangan foizlar qoldig'i;
- Asosiy summaning qolgan qismi
- Kredit muddatidan oldin qisman so’ndirilganda, keyingi to’lovlar jadvali asosiy qarz qoldig'idan annuitet usuli bilan qayta hisoblanadi, bunda to’lovlarni amalga oshirish sanalari o'zgarmaydi
Shuningdek onlayn-mikroqarzni muddatidan oldin to'lashda TBC UZ ilovasida «Iltimos, shuni yodda tutingki, to'lov sanasi o'zgarmaydi. To'lov muddatidan oldin amalga oshirilganida keyingi to'lov sanasi o'zgarishsiz qoladi» deb yozilgan push-xabarnoma chiqib keladi.