
Shaxsiy tajriba: Turkiyaga sayohat uchun bir yilda qanday pul yig‘dik
Ziyoda Gaznaboyeva
Qahramonimiz Lazokat eri bilan bir yil davomida Turkiyaga sayohat uchun pul yig‘gan. U budjetni qanday rejalashtirgani va bunga qanday erishgani haqida gapirib berdi.
Mart oyida turmush o‘rtog‘im bilan Turkiyaga bordik. Bu sayohatni bir yil orzu qilgan edik. Lekin kerakli summani yig‘ish qiyin tuyulgandi.
Sayohatni qanday rejalashtirdik, pulimizni qanday tejadik, kredit va qarzlarsiz to‘plashga nimalar yordam berdi — shu haqda aytib bermoqchiman.
Sayohat uchun qancha kerakligini aniqladik
Sayohat rejasini tuzishda birinchi navbatda bizga qancha pul kerakligini hisoblab chiqdik. Byudjetni oldindan bilib olsak, pul haqida o‘ylamasdan, bemalol dam olardik. Buning uchun mana nima qildik.
Aviabilet va mehmonxona narxini aniqladik. Boshida chiptalarni alohida sotib olib, mehmonxonani ham o‘zimiz bron qilmoqchi edik. Keyin narxlarni solishtirib ko‘rsak, turpaket foydaliroq ekan. Unga aviabilet, transfer, mehmonxona va nonushta kiritilgan.
Solishtirib bo‘lib 14,4 mln so‘mlik turpaketni tanladik. Unga “Centrum Air” reysida uchish va 4 yulduzli “Beyazit Palace Hotel” mehmonxonasida yashash kirarkan.
Tayyorgarlikdagi eng hayajonli lahzalardan biri — biletlarni sotib olish
Qayerga borishni rejalashtirdik
Istanbuldagi bormoqchi bo‘lgan joylarimiz ro‘yxatini tuzib oldik. Keyin chipta va ekskursiyalar narxlarini ko‘rib chiqdik. Qarasak, Dolmabahche saroyiga kirish narxi bir kishi uchun 50 yevro ekan, bizga bu qimmatlik qiladi.
Shunda pulli ekskursiyalar olmaslikka qaror qildik. Qiziq joylarni internetdan izlab, xaritada belgilab chiqdik va shaharni o‘zimiz aylanamiz deb reja qildik. Marshrutimizda: Sultonahmat maydoni, sohil bo‘ylari, bozorlar, masjidlar va o‘zimiz bora oladigan joylar qoldi.
Ayasofyaga kirishingiz bilan uning ulug‘vorligi va o‘zgacha muhitini his qilasiz
Ovqat va transport xarajatlarini hisobladik
Jamoat transporti va bir kunda o‘rtacha ovqatlanish narxlarini internetdan ko‘rdik. Masalan, Istanbulkart transport kartasi taxminan 300 turk lirasi, ya’ni 100 ming so‘m atrofida ekan. Jamoat transportida bitta yo‘l haqi esa 90 lira atrofida, ya’ni 30 ming so‘m turarkan.
Ovqatlanish xarajatlarini taxminan hisobladik. Yengil ovqatlanib olish 200–300 turk lirasi (55–100 ming so‘m), ichimliklar 50–150 lira (14 ming so‘mdan boshlab), pide kabi to‘yimli tushlik taxminan 500 lira (175–185 ming so‘m atrofida) bo‘larkan.
Shu narxlardan kelib chiqib bir kunlik xarajatni hisobladik va ovqatlanish hamda transport uchun jami 2,4 mln so‘m ajratdik.
Istanbulga borsangiz, kumpirni albatta tatib ko‘ring. Usti qarsildoq, ichida esa issiq kartoshka va o‘zingiz tanlagan masalliqlar bo‘ladi
Sovg‘a-salom uchun alohida 1,2 mln so‘m ajratdik.
Sayohat byudjetimiz shunday ko‘rinish oldi.
Xarajatlar | Summa |
|---|---|
Ikki kishilik turpaket (aviabilet, mehmonxona, transfer) | 14 400 000 so‘m |
Ovqatlanish va transport | 2 400 000 so‘m |
Xaridlar va suvenirlar | 1 200 000 so‘m |
Jami | 18 000 000 so‘m |
Pulni qanday yig’ishni aniqlab oldik
Uchta variantni ko‘rib chiqdik: alohida kartaga pul yig‘ib borish, dollar sotib olish yoki to‘ldirish imkoni bor omonat ochish.
Alohida kartaga pul yig‘ib borish. Eng oson yo‘l — pulni bitta kartaga o‘tkazib, unga tegmaslik. Lekin tayyor turgan pulni ishlatib qo‘yish oson — kutilmagan xarajatlar chiqib qolishi mumkin. Kartadan pulni olib ishlataversak, sayohat uchun yig‘olmaslikdan qo‘rqdik.
Dollar sotib olish. Mantiqan to‘g‘ri variant: chet elga sayohat bo‘lgani uchun pulni ham dollarda yig‘gan yaxshi. Lekin kurs doim o‘zgarib turadi. Oylar davomida dollar sotib olishingiz mumkin, lekin sayohat vaqtiga kelib kurs tushib ketsa, pulingizning bir qismini yo‘qotasiz.
Pulni yechib bo‘lmaydigan, lekin to‘ldirib boriladigan omonat ochish. Bu bizga eng mos kelgan variant bo‘ldi.
Pulni istalgan payt yechib bo‘lmagani uchun uni mayda xarajatlarga ishlatib yubormaymiz. Lekin omonatni to‘ldirib borish mumkin*. Qo‘lingizga ortiqcha pul tushishi bilan, uni omonatga qo‘shasiz.
Omonatga foiz ham hisoblanadi. Uni ochishdan oldin omonatlar kalkulyatorida hisoblab ko‘rdim va sayohatgacha ko‘proq pul yig‘ish mumkinligini bildim. Shuning uchun TBC Bank omonatini tanladik.
Biz TBC Bank’ning muddatli omonatini tanladik. Uni 100 ming so‘mdan boshlab ochish mumkin, buning uchun bankka borish ham shart emas, hammasi TBC Bank Uzbekistan ilovasida hal bo‘ladi. Omonatni ham ilovaning o‘zida to‘ldirib borish mumkin.*
*To‘ldirish bo‘yicha ayrim cheklovlar bor. Batafsil ma'lumot — omonat shartlarida.
Har oy omonatni to‘ldirib bordik
Oldindan yig‘ishga ulgurgan pulimizning bir qismini omonatga qo‘ydik. Keyin esa har maosh olganimizda omonatni 1 mln so‘m atrofida, ba’zan undan ham ko‘proq to‘ldirib bordik. Oradan vaqt o‘tib, bu odatga aylandi: maosh tushishi bilan avval sayohat uchun pulni ajratdik, shundan keyin esa qolgan xarajatlarga.
Bu jarayonda eng yoqqan narsa — maqsadimizga asta-sekin yaqinlashayotganimiz edi. Har safar omonatni to‘ldirganimizda, sayohat yana bir qadam yaqinlashgandek tuyulardi. Bu esa pul yig‘ishni tashlab qo‘ymaslik va rejamizga sodiq qolish uchun yaxshi motivatsiya bo‘ldi.
Omonat muddati tugaganida, hisobimizda sayohat uchun kerak bo‘lgan summa — 17,5 mln so‘m yig‘ilgandi. O‘sha kuni ilovani ochganim haligacha esimda. Pullarni ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim.
Turkiyaga borib, maza qilib dam oldik. Endi Dubayga borish uchun pul yig‘yapmiz. Bu safar ham TBC Bank’ning muddatli omonatini tanladik: uni to‘ldirib borish qulay va tezroq pul yig‘ishga yordam beradi.



