Barcha maqolalar
Byudjet

TBC Salom kartasidagi keshbek qanday ishlaydi

TBC Blog tahririyati

 

Keshbek, karta bilan qilingan xaridlar uchun bank qaytaradigan pul. Odatdagidek xarid qilasiz, keyin sarflagan pulingizning bir qismi keshbek bo‘lib qaytariladi. TBC Salom’da keshbekning qanday ishlashi, qanday xaridlar uchun berilishi va qaytariladigan summa haqida gaplashamiz.

Keshbek — bu ballmi yo haqiqiy pulmi?

TBC Salom kartasi bo‘yich keshbek ballar bilan emas, pul bilan qaytariladi. Bu pullarni xohlaganingizcha ishlatishingiz mumkin: xarid qiling, pul o‘tkazing yoki naqdlang.

Keshbek foizi qancha?

TBC Salom Visa kartasi bilan qilingan oddiy xaridlar uchun 1% keshbek qaytadi. Bank sarflagan pulingizning 1% qaytaradi. Masalan, 500 ming so‘m sarflasangiz, 5 ming so‘m keshbek qaytariladi. TBC Salom Humo kartasi bo‘yicha odatdagi xaridlar uchun keshbek berilmaydi.

 
Bank hamkorlarida xarid qilsangiz, ko‘proq keshbek olasiz. Masalan, KFC va Korzinka’da 5% keshbek olish mumkin. 100 ming so‘mlik xariddan 5 ming so‘m qaytariladi. Bu turdagi keshbekni TBC Salom Visa ham, TBC Salom Humo ham taqdim etadi.


Hamkorlarning to‘liq ro‘yxatini saytda ko‘rish mumkin.

Keshekni ko‘paytirish mumkinmi?

Ha, Odat omonatini kamida 10 million so‘mga to‘ldirsangiz, Visa kartasidagi 1% keshbekga yana 4% qo‘shiladi. Shunda barcha xaridlar uchun 5% keshbek olasiz. Bir oyda eng ko‘pi bilan 500 ming so‘m keshbek beriladi.

Qanday xaridlar uchun keshbek beriladi?

Keshbek karta bilan to‘langan xaridlar uchun beriladi. Do‘konda terminal orqali to‘ladingiz yoki ilovalarga ulangan karta orqali to‘lov qilsangiz keshbek olasiz. Masalan, taksida yurdingiz, marketpleysdan xarid qildingiz yoki savdo markazidan texnika sotib oldingiz.

Ko‘pi bilan qancha keshbek olish mumkin?

TBC Salom kartasi bo‘yicha bir oyda maksimal 500 ming so‘m keshbek olish mumkin. Agar bir oyda 500 ming so‘mdan ko‘proq keshbek yig‘ilsa ham, bank sizga faqat 500 ming so‘mni qaytaradi.

Keshbek kartaga qachon tushadi?

Keshbekni hisoblash muddati kartaning to‘lov tizimiga bog‘liq:


• TBC Salom Visa kartasi bo‘yicha keshbek oy yakunida tushadi;

 

• TBC Salom Humo kartasi bo‘yicha keshbek keyingi oy boshida tushadi.

Qanday hollarda keshbek hisoblanmaydi?

Pul o‘tkazsangiz yoki to‘lov ilovalari orqali to‘lov qilsangiz, keshbek hisoblanmaydi. Xarid uchun pulni sotuvchining kartasiga yuborsangiz ham keshbek berilmaydi.

Keshbek berilmasa qayerga murojaat qilish kerak?

TBC Salom kartasi bo‘yicha keshbek to‘lanmasa bankga murojaat qiling.

 

Chatga: TBC UZ ilovasining chatiga yoki Telegram botga yozish mumkin. Qo‘llab-quvvatlash xizmati 24/7 ishlaydi.

 

Telefon orqali: O‘zbekistonda yashasangiz, 1150 raqamiga, boshqa mamlakatda bo‘lsangiz +998 78 777 27 27 raqamiga telefon qiling.

TBC Salom kartasini qanday olish mumkin?

TBC Salom kartasini TBC Bank Uzbekistan ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin. Karta uyingizga bepul yetkazib beriladi, yetkazish muddati — 3 kungacha.