Barcha maqolalar
Jamg‘armalar

TBC muddatli omonatidagi kapitallashtirish o‘zi nima va u qanday foyda beradi

Katya Bulgakova

 

2026-yil 30-apreldan boshlab TBC UZ ilovasida so‘mdagi muddatli omonatlar uchun yangi funksiya — avtomatik kapitallashtirish paydo bo‘ldi. U omonat bo‘yicha yakuniy daromadni oshirishga yordam beradi va uni mustaqil yoqish mumkin. Buni qanday qilishni ko‘rsatamiz.

Kapitallashtirish nima va u qanday ishlaydi

Odatda, to‘ldirilmaydigan muddatli omonatga qo‘yilgan summa o‘sha holatda saqlamadi. Masalan, 10 mln so‘mga omonat ochgan bo‘lsangiz, shu 10 mln so‘m muddat tugaguncha daxlsiz turadi. Bank esa foizlarni har oy alohida hisoblab, kartangizga yoki asosiy hisobraqamingizga o‘tkazib beradi.

 

Agar kapitallashtirish funksiyasini yoqsangiz, foizlar kartaga tushmaydi, balki avtomatik ravishda omonat summasiga qo‘shilib boradi. Natijada omonat miqdori kattalashadi va uning ortidan foyda ham yuqoriroq bo‘ladi.

 

Masalan, siz 24 oy muddatga, yillik 21% bilan 10 mln so‘mga omonat ochdingiz. Birinchi oy uchun bank taxminan 173 000 so‘m foiz hisoblaydi va uni omonatga qo‘shadi. Endi hisobingizda 10 173 000 so‘m bo‘ladi.

 

Keyingi oyda foizlar 10 mln so‘mga emas, 10 173 000 so‘mga hisoblanadi — bu taxminan 178 000 so‘m degani. Shunda bor-yo‘g‘i ikki oy ichida omonatga 350 000 so‘mdan ortiq pul qo‘shiladi.

 

Muddat tugaganida esa hisobingizda 15 mln so‘mdan ko‘proq pul yig‘iladi. Shunchaki foizlarga tegmasdan cho‘ntagingizga yana qo‘shimcha 1 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

Avtomatik kapitalizatsiya — bu avtoto‘ldirish degani emas. Avtoto‘ldirishda bank siz oldindan belgilagan summani har oy kartangiz yoki hisobingizdan omonatga o‘zi o‘tkazadi. Kapitallishtirishda esa cho‘ntagingizdan bir tiyin ham qo‘shmaysiz: omonatga faqat bankning o‘zi hisoblagan foizlar qo‘shiladi.

Avtomatik kapitallashtirishni qanday yoqish mumkin

Bu funksiyani TBC UZ ilovasida yangi omonat ochish paytida yoqishingiz mumkin. Buning uchun omonatni ochish vaqtida tegishli sozlamani tanlash kerak.

 

Buning yo‘li oson:

 

1. TBC UZ ilovasini oching va “Omonat” bo‘limiga kiring.


2. “Omonat ochish” tugmasini bosib, so‘mdagi muddatli omonatni tanlang, keyin summa va muddatni belgilang  


3. Tasdiqlashdan oldin “Kapitallashtirish” yoniga belgi qo‘ying.

 

Shundan keyin, omonat bo‘yicha foizlar har oy kartangizga tushmasdan, avtomatik ravishda omonatga qo‘shiladi.

Kapitallashtirshni faqat yangi omonat ochilayotganda yoqish mumkin. Agar omonat oldin ochilgan bo‘lsa, bu funksiyani keyinchalik qo‘shib bo‘lmaydi. Omonat ochilgandan keyin kapitallashtirishni o‘chirib ham bo‘lmaydi. Tasdiqlash tugmasini bosishdan oldin sozlamalarni yaxshilab tekshiring.