Dollar kursi

AQSH dollari - O'zbek so'mi12 085 UZS  

Valyuta kalkulyatori

1 USD ($) = 12 185 UZS

Valyutani qanday ayirboshlash mumkin?

TBC Visa Virtual kartangizni to‘ldiring

TBC UZ ilovasida — bankning amaldagi kursi bo‘yicha

TBC Salom Visa buyurtma qiling

To‘lashda yoki pul o‘tkazishda kartadagi so‘m dollarga avtomatik almashadi

Dollar kursi qanday belgilanadi?

Kurs bozordagi vaziyatga qarab avtomatik shakllanadi. Biz sizga eng yangi ma’lumotlarni ko‘rsatib boramiz. Siz dollarni amaldagi kurs bo‘yicha olishingiz yo sotishingiz mumkin. Bizda hech qanday yashirin shartlar va qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q. TBC Visa Virtual kartasini to‘ldirishda yoki undan pul yechishda yakuniy summani va amaldagi kursni TBC UZ ilovasida oldindan ko‘rasiz. Hammasi ma’qul kelsa, operatsiyani tasdiqlaysiz.

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Ha. Buning uchun TBC Bank Visa Virtual kartasini oching. U orqali ilovaga ulangan istalgan so‘m kartasidan dollar sotib olish mumkin. Dollarni so‘mga alamshtirish uchun Visa Virtual kartasidan so‘m kartasiga pul o‘tkazing.  

Ha, ilovaning asosiy ekranida "Valyutalar kursi"  "Batafsil"  "Kalkulyator" bo‘limiga kiring.  

Yevro, dollar va so‘m. Yevro va dollarni so‘mga almashtirish, shuningdek dollar va yevroni so‘mga sotib olishni hisoblash mumkin.  

Valyuta kursi kuniga bir marta yangilanadi va keyingi yangilanishgacha barcha amaliyotlar uchun amal qiladi.

Yo‘q, hech qanday komissiya yo’q —istalgan valyutani sotib olishda ham, sotishda ham.

Ha, mumkin. Buning uchun TBC Bank saytiga kiring. TBC UZ ilovasida valyuta kalkulyatori faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ishlaydi.

TBC UZ’da valyuta konvertatsiyasi

Bankka bormaysiz. Birdan TBC Visa Virtual kartasiga onlayn o‘tkazasiz

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz

TBC Bankda dollar kursi: so‘mga konvertatsiya 

 

Bu sahifada TBC Bankda bugun amalda bo‘lgan dollar kursini ko‘rasiz. Qiymat doim yangilanib turadi va dollarning o‘zbek so‘miga nisbatini ko‘rsatadi — undan bank xizmatlaridagi hisob-kitoblar va valyuta operatsiyalarida foydalaniladi. Valyuta almashtirishda va unga bog‘liq xizmatlardan foydalanishda aynan shu kurs bo‘yicha konvertatsiya qilinadi. 

 

Bu kurs TBC Bankdagi barcha valyuta operatsiyalari uchun qo‘llaniladi: 

 

  • Dollardagi muddatli omonatni to‘ldirish
  • Visa Virtual kartasi bo‘yicha barcha operatsiyalar
  • TBC Salom kartasi bo‘yicha barcha valyuta operatsiyalari

 

Bugungi dollar kursi: qiymat qanday yangilanadi? 

 

Saytda va ilovada kurs doim amaldagi qiymatni ko‘rsatadi. Tizim bozordagi o‘zgarishlarni avtomatik kuzatib boradi. Shu sababli dollarni xarid qilish va sotish kursi tez yangilanadi. 

 

Ko‘rsatkichlar o‘zgarganda, kalkulyatordagi summalar ham qayta hisoblanadi. Siz O‘zbekistonda amaldagi dollar kursi bo‘yicha hisob-kitobni ko‘rasiz va boshqa manbalarni tekshirishingizga hojat qolmaydi. 

 

E’tibor bering: dollarning qiymati sahifani ko‘rish yoki hisob-kitob qilish vaqtida amalda bo‘ladi. Qiymatlar kun davomida o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun TBC UZ ilovasida konvertatsiya qilishdan oldin yakuniy summani yana tekshirib ko‘rganingiz ma’qul. 

 

Onlayn vositalar valyuta bilan ishlashni ancha yengillashtiradi: bankka borish yoki kursni boshqa saytlardan qidirish shart emas. Summani kiritsangiz bo‘ldi, tizim natijani darhol ko‘rsatadi. 

 

Dollarni hisoblash uchun TBC Bank valyuta kalkulyatori 

 

Kalkulyator yordamida dollarning so‘mdagi kursini tezda bilib olasiz. Shunchaki raqamni kiriting va tizim natijani ko‘rsatadi. So‘m–dollar konverteri yordamida barcha hisob-kitoblarni saytning o‘zida bir necha soniyada bajarishingiz mumkin. 

 

Kalkulyator hisob-kitob vaqtida O‘zbekistonda amaldagi dollar kursidan foydalanadi. Kun davomida raqamlar o‘zgarishi mumkin. Shu sababli operatsiyani bajarganda yakuniy summa biroz farq qilishi mumkin. 

 

TBC Bank valyuta kalkulyatoridan qanday foydalanish kerak? 

 

Kalkulyator orqali konvertatsiyadan oldin bugungi dollar kursining so‘mga nisbati qanday ekanligini bilib olishingiz mumkin. U valyutani sotishda yoki olishda qancha sarflashingizni ko‘rsatadi. 

 

Hammasi oddiy: valyutani tanlang, summani kiriting va darhol natijani ko‘rasiz. Agar dollar kursini bilish kerak bo‘lsa, kalkulyator ayirboshlash, o‘tkazma yoki xaridni oldindan hisoblab olishga yordam beradi. 

 

E’tibor bering: bu taxminiy hisob-kitob. U orqali raqamlarni qo‘lda hisoblamaysiz va xotirjam qaror qabul qilish uchun konvertatsiyadan keyin qancha pul olishingiz mumkinligini ko‘rasiz. 

 

Valyuta operatsiyalari uchun TBC Bank mobil ilovasi 

 

TBC UZ ilovasida O‘zbekistondagi dollar kursini tezda bilib olish, ayirboshlash summasini hisoblash va pulni konvertatsiya qilish mumkin. 

 

Valyuta sotib olish yoki sotish uchun Visa Virtual kartasi kerak bo‘ladi. Uni ilovaning o‘zida ochishingiz va ishga tushirishingiz mumkin. Odatda bu 15 daqiqagacha vaqt oladi. Karta tayyor bo‘lishi bilan valyutani O‘zbekistonda amaldagi dollar kursi bo‘yicha konvertatsiya qilishingiz mumkin. 

 

Shuningdek, TBC Salom kartasiga ham buyurtma berishingiz mumkin. Uning balansi so‘mda bo‘ladi. Lekin u orqali istalgan valyutadagi xaridlarni to‘lashingiz mumkin. To‘lov paytida summa bankning o‘sha vaqtdagi amaldagi kursi bo‘yicha dollarga avtomatik ravishda o‘zgaradi. 

Teglar

O'zbekistonda dollar kursi
Banklarda dollar kursi
Narxi dollar kursi bugun
Dollar kursi sotib olish
Dollar kursi qancha