10 август 2023

«Bizning festivaldagi maqsadimiz – doimo yonma-yon bo'lish». TBC Bank ikkinchi marta Stixiya festivalining bosh hamkori bo'ldi

8-avgustda «moc hub»da har yilgi «Stixiya»  elektron musiqa, madaniyat va ilm-fan festivaliga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

 

Matbuot anjumanida O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Jamshid Аbdusalomov, festival bosh prodyuseri Otabek Suleymanov, «Future Muynak» IT markazi direktori Venera Sadullaeva va TBC Bank Uzbekistan ning marketing bo'yicha direktori Kamilla Mo'minovalar qatnashdilar. Moderator va munozaralar ishtirokchisi sifatida moc ning yetakchi prodyuseri Odil Muhamedov ishtirok etdi.

 

Tadbir ishtirokchilari festivalga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildilar, tadbirdan o'zlari kutayotgan natijalar va rejalari bilan o'rtoqlashdilar, shuningdek mazkur tadbirni tashkillashtirishdan ko'zlangan maqsadlar bzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kun tartibida festival harakatini shakllantirishning ahamiyati, «Stixiya»ning boshqa festivallardan farqi, uning O'zbekiston regionlarini rivojlantirishga ta'siri va atrof-muhit asrab-avaylash ishiini ilgari surishga bag'ishlangan masalalar ko'rib chiqildi.

stih2

TBC Bank Uzbekistan ikkinchi marta «Stixiya»ning bosh hamkoriga aylandi. Bu nima uchun zarurligi xususida Kamilla Mo'minova quyidagilarni so'zlab berdi:

 

 

«Ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish hamda ijtimoiy loyihalarni qo'llab-quvvatlash iste'molchilar, ayniqsa yoshlar bilan ishonchli munosabat o'rnatishimizda juda qo'l keladi.

 

Homiylik biz uchun — bu shunchaki tashabbuslarni moliyalashtirish emas, bu, birinchi navbatda, odamlar bilan ishlashdir. Joriy yilda biz illyustratorlar, prodakshn-studiyalar, rassomlar va maslahat berish bo'yicha kreativ agentliklar bilan yaqin hamkorlikni yo'l qo'ydik».

 

Kamilla Mo'minovaning e'tirof etishicha, bankning joriy yildagi hamkorlik strategiyasi brendni pozitsiyalashtirish va «Stixiya»ni qo'llab-quvvatlashdangina iborat emas. TBC Bank, eng avvalo, «informator»ga aylanishi va festivalga tashrif buyuruvchilar bilan doimo yonma-yon boʼlishi — yaʼni, odamlar o'zlarini erkin va qulay sezishlari hamda ma'lumot olish, hududda o'zini tutish va texnika xavfsizligi qoidalari, navigatsiyani bilimda muammoga duch kelmasliklari uchun barcha choralarni ko'rishi kerak bo'ladi. Bu strategiya Gruziyaning Playmakers kreativ agentligi sharofati bilan yuzaga keldi, aynan shu agentlik bankning tadbir  maydonida joylashuviga oid vizual kodini yaratdi. Xususan, bu borada bizga TBCning Gruziyadagi bosh ofisida ishlovchi, bu kabi tadbirlarni rivojlantirishda katta tajribaga ega hamkasblarimiz ham ko'maklashdilar.

stih5

«Biz — dijitel-bank hisoblanamiz, demak, virtual maydon — bizning kommunikatsiyalar uchun asosiy maydonimiz, — deydi Kamilla. — Аgar siz bizning sahifamizga kirsangiz, u yerda odamlarga bu festivalning mohiyati, unda ishtirok etish tartibi, biletlarni qanday olish va qaerga borish haqida juda ko'p materiallar bilan tanishasiz. Bizning vazifamiz — bu ma'lumotlarni qisqa va tushunarli tarzda, va albatta, chiroyli shaklda tarqatish. Festival bo'lib o'tayotgan vaqtda esa tashrif buyuruvchilar bizni darrov payqaydilar, zero biz har qanday yordam uchun shaymiz».

 

 

Festival o'tadigan maydonda TBC Bank brendi yaqqol ko'zga tashlanadigan tarzda aks etgan chodir o'rnatiladi, unda har bir xohlovchi odam quyosh nuridan himoyalanishi va eksklyuziv merchni xarid qilishi mumkin, savdodan tushgan mablag'lar xayriya maqsadlariga sarflanadi. Qo'shimcha bonuslardan biri — fotosuratkash xizmati bo'lib, u festival qatnashchilarini bepul suratga tushirib, shu yerning o'zida chop etib beradi. Hozirdanoq bankning ijtimoiy tarmoqlarida promokod e'lon qilindi, u orqali «Stixiya»ga biletlarni 10 foizlik chegirma bilan sotib olish mumkin.

«Stixiya» — elektron musiqa, madaniyat va ilm-fan festivali bo'lib, an'anaviy tarzda Mo'ynoqdagi «kemalar qabristoni»da o'tkaziladi. Bu yil festival yangi lokatsiyada — Buxoro shahri yaqinida bo'lib o'tadi. «Stixiya»ni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad — bu tashqi va ichki turizmni rivojlantirish, iqtidorli insonlarni bir yerga jamlash, kraetiv iqtisodiyot rivojiga hissa qo'shish, shuningdek yoshlarning yangi qiyofasini shakllantirishdan iborat.

 

 

TBC Bank Uzbekistan ko'plab ijtimoiy va madaniy loyihalarda faol qatnashib kelmoqda. Bu tadbir orasida eng yirigi — TBC Ornaments бo'lib, loyiha maqsadi O'zbekiston amaliy san'ati va xalq hunarmandchiligiga xos bezak naqshlarning har kim uchun ochiq bo'lgan raqamlashtirilgan to'laqonli katalogini yaratish edi. Loyiha marketing va reklama sohasidagi White Square hamda Reklama sohasida Kiev xalqaro festivali kabi ko'plab xalqaro festivallarda xalqaro mukofotlarga erishdi, shuningdek joriy yildagi Kann reklama festivalida namoyish etildi.  

 

Bank yosh iqtidorlarni qo'llab-quvvatlaydi, mahalliy illyustratorlar va rassomlar bilan hamkorlikda ishlaydi, yugurish harakatini ilgari suradi,  Yangia market festivalida hamkor sifatida qatnashadi.

 

TBC Bank shuningdek, moliyaviy savodxonlik va ekologiya sohasida ekspertlik chiqishlariga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Fin Edu — bu video va audio-chiqishlar shaklidagi ta'lim loyihasi bo'lib, ularda boshlovchi barcha uchun tushunarli tarzda moliyaviy mavzular va bank bilan ishlash haqida suhbat olib boradi. Eco Edu — Youtube dagi loyiha bo'lib, unda mehmonlar, eko-faollar va ekoblogerlar ishtirokida ekologiyani asrab-avaylash hamda kundalik turmushda qo'llash mumkin bo'lgan foydali ekoodatlar haqida mulohaza yuritadilar.

stih3

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish