Ko'p beriladigan savollarga javoblar

Ikkita asosiy usul bor.  
Telefon qo‘ng‘iroqlari.  
Firibgar o‘zini bank xodimi yoki davlat tashkiloti vakili deb tanishtiradi va pul o‘tkazishni, to‘lov qilishni yoki SMS kodni aytishni so‘raydi.
Zararli dasturlar.  
Firibgarlar messenjerlar orqali qarindoshlar, do‘stlar yoki davlat tashkilotlari nomidan yozib, foto, video, hisob-faktura yoki boshqa hujjat sifatida ko‘rinadigan fayl yuborishadi. Fayl ochilgach, ular telefondan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu orqali SMS’larni o‘qishi, akkauntlarni o‘g‘irlashi va pulni o‘z hisobraqamlariga o‘tkazishi mumkin  

Agar qo‘ng‘iroq shubhali tuyulsa, darhol suhbatni yakunlang. Hech qanday ma’lumotni aytmang va hech narsani tasdiqlamang. Keyin o‘sha tashkilotning rasmiy telefon raqamiga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilib, holatni aniqlashtiring.

Yo‘q. Banklar va davlat tashkilotlari xodimlari faqat rasmiy aloqa kanallaridan foydalanadi — telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS xabarlar va rasmiy ilovalardagi xabarlar. Messenjerlardagi xabarlar, shaxsiy chatlar yoki ulardagi qo‘ng‘iroqlar — bu firibgarlikning aniq belgisi.

Agar o‘zingiz telefon qilolmasangiz, ishonchli odam yoki yaqin qarindoshingizdan 1150 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, holatni sizning o‘rningizga tushuntirib berishini so‘rang.  

TBC UZ ilovasiga kirib, TBC kartasini tanlang. «Boshqasi» bo‘limiga o‘ting va «Kartani bloklash» knopkasini bosing. Karta bloklangach, undagi hamma pul joriy hisobraqamingizga avtomatik o‘tkaziladi. Agar bu kredit karta bo‘lsa, uning balansi muzlatib qo‘yiladi.  

  1. Darhol pul yechilayotgan hamma kartani bloklang.
  2. 1150 raqamiga telefon qilib, yordam xizmatiga vaziyat haqida xabar bering. 

 
Shuningdek, pasport ma’lumotlaringizni va pul yechilgan kartalar raqamlarini tayyorlab  
qo‘ying — bu tekshiruv jarayonini tezlashtiradi.  

Quyidagilarni bajaring:  
1. Pul yechib olingan hamma kartani darhol bloklang.  
2. Akkauntingiz parolini o‘zgartiring va ishonchli qurilmalar ro‘yxatidan ortiqchalarini  o‘chirib tashlang. Buning uchun TBC UZ ilovasi profilidagi “Xavfsizlik” bo‘limiga kiring.  
3. 1150 raqami orqali yordam xizmatimizga murojaat qiling va yechib olingan pullar haqida batafsil ma’lumot bering.  
4. Hamma dalillarni saqlab qo‘ying: SMS, xabarnomalar, yozishmalar, havolalar va boshqa ma’lumotlar.

Biznes-bankdan foydalanasizmi?

Biznes va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘limga o‘ting

Internetdagi xavfsizlik haqida