
Insonni oʻrab turgan tabiiy muhit uning turmush tarzi va roʻzgʻor yuritish shakli, odatlari, rasm-rusumlari va hatto diniy tasavvurlarini ham belgilab beradi

Oʻzbekistonning zamonaviy qishloqlarida anʼanaviy madaniyat shakllari saqlanib qolgani bilan bir qatorda globallashish tufayli ijtimoiy-madaniy muhitning transformatsiyasi jarayonlari ham boshlangan. Yana madaniyat har bir hududda oʻziga xos ravishda namoyon boʻladi.

Nurota togʻlari yonbagʻrida odamlar koʻzidan panada joylashgan Sentob deya ataluvchi kichkinagina qishloq mavjud.

Qishloqni koʻpchilik bilmaydi, shu boisdan ham unda oʻziga xos anʼanaviy hayot tarzi hanuz saqlanib qolgan. U yerda vaqt ham boshqacha oʻtadi, Sentobni bir-biriga chirmashib tutashib ketgan kundalik turmush va tabiat haqida hikoya qiluvchi asarga qiyoslash mumkin. Bu yerda ish joylari, doʻkonlar, hunarmandlar korxonalari, banklar, shifoxona va kasalliklar ham deyarli yoʻq, ammo inson qudrati va uddaburonligiga ishonch bor. Bu esa qishloqni mehnatkashlik va oila makoniga aylantiradi.

Sentobdagi hayot togʻ iqlimi injiqliklariga tamomila boʻysunadi. Aksariyati toshlardan bunyod etilgan ixchamgina bir qavatli uylar eniga choʻzilgan. Tekis loysuvoq tomli bu uylar togʻ yonbagʻrida peshayvonlar singari joylashgan. Mol-hol ham shu atrofda boqiladi. Odamlar uylari yaqinidagi tepaliklar etagida yertoʻlalar qazib, bu yertoʻlalar devorlariga togʻ jinslari, yaʼni toshlar yotqizib, ustidan somon suvoq qilishadi.
Ovqatga kerakli mahsulotlarni oʻz tomorqalarida yetishtirishadi va taomni koʻpincha ochiq havoda pishirishadi. Qishloqqa yaqin joylashgan shaharga mahsulotlar xaridi uchun erkaklar jamoa boʻlib borishadi. Don -dunlar asosan mashinalarda olib kelinadi, ammo qishloq koʻchalarida aravalar ham yuradi va pastqam koʻchalarda aynan shu transportga talab yuqori. Mashinalar uchun boʻlsa yoʻllar yotqizilmagan va qishloqqa kelib qolgan kishi mashinaning bu yoʻllarga qanchalik mos emasligini tushunadi. Mazkur yoʻllarga mashinayu aravadan ham koʻproq piyodalar mos tushadi.

Biz Uy deganda amaliy funksiyani bajaruvchi va ramziy maʼnoga ega boʻlgan makonni tushunamiz. Bizni ajdodlar bilan bogʻlovchi himoyalangan maskan – uyimiz - qulaylik deganidir. Dunyoning turli burchaklarida, har xil xalqlarda uy oʻziga xos maʼno-mazmun kasb etadi. Sentob uchun Oʻzbekistondagi boshqa koʻplab qishloqlar singari uyning mohiyati “istiqomatgoh” soʻzi etimologiyasida yashirin.
Uy – istiqomat qiladigan, yashaydigan joy. Undagi ramzlar esa – uylarni fidokorona, qatiq mehnat yoritadi, degan afsonalarni asrab-avaylab kelayotgan odamlardir. Bu voqelikda shunday mehnat bilan topilgan non haqiqatda lazzatliroq. Sentobga bayram sayllarida qatnashish uchun albatta issiq kunlarda yana bir bor kelish kerak.

Sentobdan eng yaqin maʼmuriy markazgacha boʻlgan masofa 50 kilometrni tashil etadi va bu yerda odamlar kundalik turmushini urbanizatsiya qilishga oshiqishmaydi. Uyda toʻy qilib, unga yon-atrofdan kelgan barchani mehmonga chaqirish kerakmi? Albatta, kerak! Qishloq aholisi oʻz kundalik turmushini osonlashtirishga intilsa-da, marosim bilan bogʻliq urf-odatlarni yevropalashtirishni istamaydi.

Internetdagi manbalarda qishloq tevarak atrofida eko-turizm rivojlangani haqida maʼlumotlar uchraydi. Sentobning oʻzida ham bir nechta mehmonlar uylari mavjud. Ular kamdan-kam sayyohlar bilan toʻladi, bu yerda kelganlarga boshpana, muqaddas qadamjolar boʻylab ekskursiyalar hamda taom taklif etiladi. Bu yeguliklarni xostel egalari bilan birgalashib pishirishingiz ham mumkin.

Kamila Rustambekova ilk tashrifidn ikki oy oʻtib, odamlar va ular yashaydigan manzillarni suratga olish uchun bu yerga yana qaytib keldi. Shu tarzda qish kunlaridan birida qishloq va uning aholisi haqida hikoya qiluvchi fotosuratlar seriyasi yaraldi.
Olis va nomaʼlum manzillar shunday qilib yangi tadqiqotchilarga va raqamli makonda oʻz ovoziga ega boʻladi.
Shu yerda va hozir.


