Osmon Card

TBC Osmon — haqiqiy foyda keltiruvchi kredit karta

55 kungacha foizsiz kundalik xaridlar uchun

  • 1 minutda*

    javob chiqadi

  • 50 mln so‘mgacha

    limit ajratiladi

  • Bepul

    yetkazib beriladi

*oxirgi 100 000 foydalanuvchi orasida kredit kartasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sarflangan o‘rtacha vaqt. Aniq vaqt kredit tarixingizga bog‘liq va bir minutdan kam yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Har qanday vaziyatda — pul yoningizda

Bir marta ariza berasiz

Pul doim kartangizda bo‘ladi

Birdan virtual karta ham ochiladi

Plastik kartani 3 kunda yetkazib beramiz

Faqat sarflangan pul uchun foiz to‘laysiz

Ortiqcha to‘lovlar yo‘q

Umuman foiz to‘lamasangiz ham bo‘ladi

Agar qarzni foizsiz davr ichida qaytarsangiz

Foizsiz davr qanday hisoblanadi?

U 25 kundan 55 kungacha davom etadi. Xarid boshlangan sanani tanlang — foizsiz davrni ko‘rasiz

* Qarzdorlikni to'lov muddatining istalgan kunida to'lashingiz mumkin

TBC Osmon ochish 3 ta oddiy qadamdan iborat

01

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling

App Store yoki Google Play’dan quyidagi QR-kod orqali

02

Kartaga ariza yuboring

Ilovaning bosh ekranidagi «Kartalar» bo‘limida

03

Javobni kuting

15 daqiqadan so‘ng internet-do‘konlarda xaridlarni to‘lash mumkin bo‘ladi

TBC Osmon buyurtma qiling — virtual karta birdan ochiladi

Limit ma’qullangach, virtual kartani birdan ochib beramiz, plastik kartani 3 kunda yetkazamiz

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling

Savollar va javoblar

TBC Osmon’ni 18 yoshdan oshgan, ammo pensiya yoshiga yetmagan har qanday O‘zbekiston fuqarosi rasmiylashtirishi mumkin. Shuningdek, sizda doimiy daromad va ijobiy kredit tarixi bo‘lishi kerak — unda kechikishlar va qarzlar bo‘lmasligi kerak.  

TBC Bank Uzbekistan ilovasida ro‘yxatdan o‘ting, asosiy ekranda “Barcha xizmatlar” knopkasini bosing va kredit kartani tanlang. Arizani bering, natijani kuting va ekrandagi ko‘rsatmaga amal qiling.


Avval virtual karta chiqaramiz — u bilan O‘zbekistonda va xorijda onlayn xaridlarni to‘lashingiz mumkin. Agar oflayn xaridlarni ham to‘lashni istasangiz, TBC Osmon plastik kartasiga buyurtma bering. Biz uni bepul chiqaramiz va uyingizgacha yetkazib beramiz.  

O‘zbekistonning ushbu shaharlarida:  
• Olmaliq;  
• Angren;  
• Andijon;
• Bekobod;  
• Buxoro;  
• Qarshi;  
• Qibray;  
• Namangan;  
• Nurafshon;  
• Samarqand;  
• Toshkent;  
• Urganch;  
• Farg‘ona;  
• Chirchiq.  
Agar shahringiz ro‘yxatda bo‘lmasa, kartani sizga eng yaqin TBC nuqtasiga yetkazib beramiz. Uni ushbu xaritadan topishingiz mumkin  

Ha, salbiy kredit tarixi bilan tizim arizani avtomatik rad etishi yoki kamroq kredit limitini tasdiqlashi mumkin.  

Bu sarflangan pulni qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarish mumkin bo‘lgan muddat. 

 
TBC Osmon imtiyozli davri 55 kungacha davom etadi va ikki bosqichga bo‘linadi:  
• Hisobot davri — xaridlar uchun 30 kungacha. Bu davrning oxirida ko‘chirma shakllanadi.  
• To‘lov davri — xarid uchun sarflangan summani foizsiz qaytarish uchun ko‘chirma shakllantirilgandan keyin 25 kun.

  
Agar hisobot davrining birinchi kunida TBC Osmon bilan xarid qilgan bo‘lsangiz, pulni kartaga qaytarish uchun roppa-rosa 55 kun vaqtingiz bo‘ladi. Agar hisobot davrining oxirgi kunida xarid qilinsa, imtiyozli davr 26 kun bo‘ladi: hisobot davrining 1 kuni va to‘lov davrining 25 kuni.

Bu — kredit karta orqali xaridlar va to‘lovlarga sarflash uchun bank tomonidan ruxsat berilgan eng katta summa. Xaridlar uchun foiz to‘lamaslik uchun sarflangan barcha summani imtiyozli davr ichida qaytarishingiz kerak.


Ariza topshirishda limit summasini o‘zingiz tanlaysiz, ammo yakuniy qarorni skoring tizimi qabul qiladi — u kamroq yoki ko‘proq summani tasdiqlashi mumkin.

Ha, Mastercard kartalariga xizmat ko‘rsatadigan har qanday bankomatda.  
Faqat ikki shartni esdan chiqarmang:


• Naqd pul yechib olish uchun bankomat komissiyasi hamda kredit karta amaliyoti uchun 3%, ammo kamida 90 000 so‘m komissiya olinadi.  
• Naqd pul olishda imtiyozli davr qo‘llanilmaydi. Ya’ni, yechilgan summaga har kuni naqd pul yechib olish uchun belgilangan stavka bo‘yicha foizlar hisoblanadi.  

Ha, kartani TBC Bank Uzbekistan ilovasida boshqa kartadan pul o‘tkazib to‘ldirishingiz mumkin. Buning uchun “Kredit karta”  “To‘ldirish” bo‘limiga kiring.  

Ha. Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ertasi kuni jarimalar hisoblanishni boshlaydi: birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, keyin esa qarz to‘lanmaguncha har bir kechiktirilgan kun uchun 0,35% dan.

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

Yordam bo‘limiga o‘ting

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz

Xaritani ochish

Agar kartangiz TBC Osmon Humo bo'lsa, o'ng tomondagi knopka orqali uning sahifasiga o'ting