Osmon Card haqida eng ko‘p berilgan savollar

Bu yerda 55 kungacha imtiyozli davrga ega Osmon Card kredit kartasi haqida ko‘p beriladigan savollarga javob topasiz.

 

Agar kerakli javobni topolmasangiz, 1150 raqamiga telefon qiling. Operatorlarimiz tun-u kun aloqada, hatto dam olish va bayram kunlarida ham.

Osmon Card kredit kartasini qanday olish mumkin?

Osmon Card’ni 18 yoshdan oshgan, ammo pensiya yoshiga yetmagan har qanday O‘zbekiston fuqarosi rasmiylashtirishi mumkin. Shuningdek, sizda doimiy daromad va ijobiy kredit tarixi bo‘lishi kerak — unda kechikishlar va qarzlar bo‘lmasligi kerak.

TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘ting, asosiy ekrandagi "Kredit kartasi" bo‘limiga kiring → "Buyurtma berish"ni bosing va ko‘rsatmalarga amal qiling.

 

Karta tayyor bo‘lsa, uni O‘zbekistonning istalgan hududidagi sizga qulay bo‘lgan TBC nuqtasiga yoki Toshkent va ushbu ro‘yxatdagi boshqa shaharlarda uyingizgacha yetkazib beramiz. Uni olish uchun pasport yoki ID karta kerak bo‘ladi.

 

Kartani chiqarish, yetkazib berish va unga xizmat ko‘rsatish bepul.

Bizda filiallar yo‘q — bankning barcha xizmatlari onlayn. Shu sababli, Osmon Card’ga buyurtma berish uchun TBC UZ ilovasini yuklab olib, unda kartani rasmiylashtirsangiz bo‘ldi.

 

Ushbu jarayonda biror savol paydo bo‘lsa:

  • 1150 raqami orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.
  • TBC’ning istalgan o‘zingizga qulay nuqtasiga keling — uni mana shu xaritadan topishingiz mumkin.

O‘zbekistonning ushbu shaharlarida:

  • Olmaliq;
  • Angren;
  • Andijon;
  • Bekobod;
  • Buxoro;
  • Qarshi;
  • Qibray;
  • Namangan;
  • Nurafshon;
  • Samarqand;
  • Toshkent;
  • Urganch;
  • Farg‘ona;
  • Chirchiq.

 

Agar shahringiz ro‘yxatda bo‘lmasa, kartani sizga eng yaqin TBC nuqtasiga yetkazib beramiz. Uni ushbu xaritadan topishingiz mumkin.

Iltimos, xabarnomani kuting — karta tez orada qo‘lingizda bo‘ladi. Biz kartalarni belgilangan muddatdan oldin yetkazib berishga harakat qilamiz, lekin ba’zida jarayon biroz kechikishi mumkin.

Ha, salbiy kredit tarixi bilan tizim arizani avtomatik rad etishi yoki kamroq kredit limitini tasdiqlashi mumkin.

Kartani ishga tushirish 15 daqiqagacha vaqt olishi mumkin — bu vaqtda uning balansi nol bo‘ladi va undan foydalanib bo‘lmaydi. Agar 20 daqiqadan keyin ham karta balansida pul ko‘rinmasa — 1150 raqamiga telefon qiling.

Osmon Card boshqaruvi

Ha, buning uchun Humo rasmiy Telegram botida ro‘yxatdan o‘ting. Har qanday karta tranzaksiyalari haqidagi xabarlar bot chatida paydo bo‘ladi.

Muddati tugagan bo‘lsa, bepul. Agar muddat tugashidan oldin kartangizni yo‘qotgan yoki sindirgan bo‘lsangiz, qayta chiqarish narxi 50 ming so‘m bo‘ladi. Yetkazib berish esa bepul.

 

Kartani qayta chiqarish uchun TBC UZ ilovasiga kiring → "Kredit kartasi" → "Batafsil" → "Kartani qayta chiqarish" tugmalarini bosing. Yangi kartani chiqarish va yetkazib berish uch kungacha vaqt oladi.
 

Agar undan foydalanmasangiz, kartani yopish shart emas — kelajakda sizga kerak bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, foizlar faqat xaridlar uchun va faqat imtiyozli davr tugaganidan keyin hisoblanadi.

 

Agar baribir kartangizni yopishingiz kerak bo‘lsa, TBC UZ ilovasini oching, "Kredit kartasi" bo‘limiga o‘ting va "Kartani yopish" tugmasini bosing.

Osmon Card amaliyotlari

Bu Humo to‘lov tizimiga ega karta bo‘lib, u orqali O‘zbekistondagi har qanday onlayn va oflayn xaridlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin. Kartani saytlar va ilovalarga ulash yoki u bilan do‘konlar, kafe va restoranlarda to‘lash mumkin. Osmon Card’ni payme’ga ham qo‘shib, turli xizmatlarni hamda servislarni to‘lash imkoniga egasiz.

Ha, TBC UZ ilovasidan tashqari har qanday bank yoki to‘lov ilovasida.

 

Kredit kartaning imtiyozli davri boshqa kartaga pul o‘tkazilganda amal qilmaydi. Ya’ni, o‘tkazilgan summaga naqd pul yechib olish uchun belgilangan foiz stavkasi bo‘yicha har kuni foizlar hisoblanadi. Bu foiz stavkasini TBC UZ ilovasining: Osmon Card — "Shartlar" bo‘limida bilib olishingiz mumkin.

Ha, Humo kartalariga xizmat ko‘rsatadigan har qanday bankomatda.

 

Faqat ikki shartni esdan chiqarmang:
 

  • Naqd pul yechib olish uchun bankomat komissiyasi hamda kredit karta amaliyoti uchun 3%, ammo kamida 90 000 so‘m komissiya olinadi.
  • Naqd pul olishda imtiyozli davr qo‘llanilmaydi. Ya’ni, yechilgan summaga har kuni naqd pul yechib olish uchun belgilangan stavka bo‘yicha foizlar hisoblanadi.

Yo‘q, undan faqat O‘zbekistonda — Humo kartalari orqali to‘lovlarni qabul qiladigan do‘konlar va xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.

Buning bir necha yo‘li bor.

 

Eng foydali va ishonchlisi — TBC UZ ilovasida. Bu yerda to‘ldirish uchun komissiya yo‘q va pul darhol kartaga tushadi, siz esa kechikishning oldini olasiz. TBC UZ ilovasida kartani to‘ldirish uchun "Kredit kartasi" → "Batafsil" → "Kartani to‘ldirish" tugmalarini bosing.

 


Osmon Card balansini boshqa usullar bilan ham to‘ldirish mumkin:

  • Istalgan bankomatda;
  • Paynet terminallari va shoxobchalarida;
  • payme yoki boshqa to‘lov xizmatida pul o‘tkazish orqali.

Kredit limiti

Bu — kredit karta orqali xaridlar va to‘lovlarga sarflash uchun bank tomonidan ruxsat berilgan eng katta summa. Xaridlar uchun foiz to‘lamaslik uchun sarflangan barcha summani imtiyozli davr ichida qaytarishingiz kerak.

 

Ariza topshirishda limit summasini o‘zingiz tanlaysiz, ammo yakuniy qarorni skoring tizimi qabul qiladi — u kamroq yoki ko‘proq summani tasdiqlashi mumkin.

Ha, hamma summani sarflashingiz mumkin. Eng muhimi, Osmon Card bilan xaridlar uchun ishlatgan pulingizni imtiyozli davr tugashidan oldin qaytarishingiz kerak. Shunda foiz to‘lamaysiz.

Ko‘chirma, imtiyozli davr va jarimalar

Bu sarflangan pulni qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarish mumkin bo‘lgan muddat.

 

Osmon Card imtiyozli davri 55 kungacha davom etadi va ikki bosqichga bo‘linadi:

  • Hisobot davri — xaridlar uchun 30 kungacha. Bu davrning oxirida ko‘chirma shakllanadi.
  • To‘lov davri — xarid uchun sarflangan summani foizsiz qaytarish uchun ko‘chirma shakllantirilgandan keyin 25 kun.

 

Agar hisobot davrining birinchi kunida Osmon Card bilan xarid qilgan bo‘lsangiz, pulni kartaga qaytarish uchun roppa-rosa 55 kun vaqtingiz bo‘ladi. Agar hisobot davrining oxirgi kunida xarid qilinsa, imtiyozli davr 26 kun bo‘ladi: hisobot davrining 1 kuni va to‘lov davrining 25 kuni.
 

Bu kredit karta bo‘yicha barcha amaliyotlar, qarz summasi, imtiyozli davrning tugash sanasi va to‘lov sanasi ko‘rsatilgan hujjat.

 

Ko‘chirma oyiga bir marta, bir xil sanada yangilanadi. Uni hatto kartadan foydalanmagan bo‘lsangiz ham tekshirishni tavsiya qilamiz — shunda tasodifiy qarzdorliklar yo‘qligini aniq bilasiz va kechikishning oldini olasiz.

Bu hisobot davri tugaydigan va sizga kredit karta ko‘chirmasi keladigan kun. Shu kundan boshlab 25 kun davom etadigan to‘lov muddati boshlanadi.

 

Bu quyidagicha ishlaydi:
 

  • Hisobot davrida xaridlar uchun kredit kartadan foydalanasiz.
  • Belgilangan sanada qarz summasi va amaliyotlar tarixi ko‘rsatilgan ko‘chirmani olasiz.
  • To‘lov davrida qarzni yopish uchun minimal yoki to‘liq to‘lov qilasiz.

Bu jarimalar oldini olish uchun kartada turishi kerak bo‘lgan summa. Agar faqat minimal to‘lovni to‘lasangiz, qolgan qarz uchun foizlar imtiyozli davr tugagach, hisoblanishni boshlaydi.

Yo‘q, imtiyozli davr faqat xaridlar va to‘lovlar uchun amal qiladi. Agar kredit kartangizdan pul o‘tkazsangiz, bu summaga naqd pul yechib olish uchun belgilangan stavka bo‘yicha har kuni foizlar hisoblanadi.

Yo‘q, xaridlar uchun imtiyozli davr faqat qarz to‘liq qaytarilgandagina amal qiladi. Yangi xaridlar uchun foizlar to‘lov miqdoriga qarab hisoblanadi:

  • Minimal to‘lovda — foizlar har kuni qarzning butun summasi uchun hisoblanadi.
  • Muddat o‘tgach, foizlarga jarimalar ham qo‘shiladi: birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, keyin esa qarz to‘lanmaguncha har kuni 0,35% dan.
     

Ha. Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ertasi kuni jarimalar hisoblanishni boshlaydi: birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, keyin esa qarz to‘lanmaguncha har bir kechiktirilgan kun uchun 0,35% dan.

Karta xavfsizligi

TBC UZ ilovasiga kirib, "Kredit kartasi" → "PIN kodni o‘zgartirish" tugmalarini bosing.
PIN kodda oddiy kombinatsiyalar yoki shaxsiy ma’lumotlardan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz — ularni firibgarlar osongina topishi mumkin. Agar PIN kodingiz 1111, 1234 yoki 1001 yoki shunga o‘xshash bo‘lsa, uni albatta qiyinrog‘iga almashtiring. Buni qanday qilishni yuqorida aytib berdik.

1150 raqamiga telefon qiling va nima bo‘lganini tushuntiring — vaziyatni o‘rganib, pulni qaytarishga harakat qilamiz.

TBC UZ ilovasida imkon qadar tezroq uni bloklang. Asosiy ekranda "Kredit kartasi" → "Kartani bloklash" tugmalarini bosing.

 

Shundan keyin kartani qayta chiqarish mumkin: "Kredit kartasi" bo‘limida "Kartani qayta chiqarish" tugmasini bosing. Qayta chiqarish narxi 50 ming so‘m, yetkazib berish esa bepul.