TBC Bank mahsulotlar qatorini kengaytirib, TBC Plus obunasini ishga tushirmoqda

21.12.2025

TBC Bank mahsulotlar qatorini kengaytirib, TBC Plus obunasini ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 23 dekabr — Mamlakatdagi eng yirik raqamli banklardan biri bo‘lgan TBC Bank yangi mahsulot — TBC Plus obunasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Ushbu xizmat bankning kundalik moliyaviy hayot uchun to‘liq funksional ekotizim yaratish strategiyasini to‘ldiradi va bir nechta yechimlarning afzalliklarini yagona taklifda birlashtiradi.

Oylik obuna mijoz tajribasini kuchaytirishning muhim vositasiga aylanmoqda: u foydalanuvchilarni yanada faol jalb etish imkonini beradi, bir vaqtning o‘zida turli TBC xizmatlaridan foydalanishni rag‘batlantiradi hamda brendga sodiqlikni mustahkamlab, har bir mijozdan keladigan o‘rtacha daromadni oshiradi.

TBC Plus qo‘shimcha qiymatga ega moliyaviy va layfstayl xizmatlarga ulashish imkonini beradi. Obuna egalari terminal orqali Salom Card’dan to‘lov qilganlarida 1% keshbek, to‘lovlarning premium monitoringi, TBC Stars va TBC Do‘stlar dasturlarida ko‘proq imkoniyatlar, oylik sovrinli o‘yinlarda ishtirok etish, shuningdek, Yandex Plus obunasidan tortib haftada bir marta Safia’da bepul qahvagacha bo‘lgan qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar.

Spartak Tetrashvili, CEO TBC TBC Bank: «Biz moliyaviy xizmatlar bilan cheklanib qolmaydigan ekotizim yaratmoqdamiz. TBC Plus — bu raqamli sohada standartlarni belgilash, imkoniyatlar doirasini kengaytirish va moliyaviy xizmatlardan foydalanishning yangi ko‘nikmalarini shakllantirishga bo‘lgan intilishimizning ifodasidir. Biz ko‘p ssenariyli foydalanish salohiyatini yuqori baholaymiz: Obuna bizga TBC’ni millionlab insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirish modeli tomon harakatlanishga yordam beradi».

Obuna ishga tushirilishi TBC Bank mahsulotlar qatorini izchil kengaytirishning bir qismidir. So‘nggi paytlarda bank Osmon Card kredit kartasini, kichik va o‘rta biznes uchun to‘liq raqamli TBC Business onlayn kreditlash xizmatini, raqamli sug‘urta kompaniyasi TBC Sug‘urtani ishga tushirdi, shuningdek O‘zbekiston norezidentlari uchun o‘z xizmatlarni ochdi va Visa asosidagi flagman Salom Card chiqarilishini boshladi. Ushbu tashabbuslar bankning asosiy segmentlardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi, daromad manbalarini diversifikatsiya qiladi va ekotizimni mijozlar uchun yanada universal hamda qulay qiladi.


TBC Bank haqida

TBC Bank — jismoniy va yuridik shaxslar uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchi O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri. Bank onlayn xizmat ko‘rsatish kanallarini faol rivojlantiradi, xalqaro xavfsizlik standartlari va xizmat sifati masalalariga alohida e’tibor qaratadi. TBC Bank raqamli banking ekotizimi TBC Uzbekistan tarkibiga kiradi. Ushbu ekotizim to‘lov ilovasi payme, to‘liq raqamli sug‘urta xizmati TBC Sug‘urta hamda biznesni avtomatlashtirish platformasi BILLZ’ni o‘z ichiga oladi.