"Odat omonati bo‘yicha keshbek” aksiyasida ishtirok etish shartlaridagi o‘zgarishlar haqida xabarnoma
21.12.2025
"Odat omonati bo‘yicha keshbek” aksiyasida ishtirok etish shartlaridagi o‘zgarishlar haqida xabarnoma
TBC Bank "Odat" omonati bo‘yicha keshbek aksiyasida ishtirok etish shartlarining 1.6-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi:
2025-yil 22-dekabrdan boshlab mijozning Omonati bo‘yicha o‘rtacha qoldiq kalendar oy davomida kamida 10 000 000 (o‘n million) so‘mni tashkil etishi kerak (hisob-kitob har bir kalendar kun uchun Omonat bo‘yicha pul mablag‘larining minimal qoldig‘i asosida amalga oshiriladi. Agar Omonat oy boshidan ochilmagan bo‘lsa, ochilish sanasigacha bo‘lgan kunlar (shu kuni ham) uchun qoldiq nolga teng deb qabul qilinadi. Minimal kunlik qoldiqlar qo‘shiladi va joriy oyning umumiy kalendar kunlari soniga bo‘linadi. Oyning oxirgi ish kunida qayd etiladi. Ushbu kunning eng kam qoldig‘i oyning barcha keyingi dam olish va bayram kunlariga ham tatbiq etiladi.
Aksiyaning to‘liq shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Boshqa yangiliklar
20 October