TBC Bank O‘zbekistondagi xorijliklar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ochmoqda
18.09.2025
Toshkent, O‘zbekiston — 19- sentabr 2025-yil. TBC Bank, mamlakatdagi yetakchi raqamli banklardan biri, endilikda O‘zbekiston norezidentlari uchun ham o‘z xizmatlarini ochdi. Mamlakatda yashayotgan chet el fuqarolari bank kartalarini rasmiylashtirishi, omonat ochishi, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi va bank ilovasi orqali boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. Asosiy jarayonlar onlayn tarzda bajariladi, ofisga borish talab etilmaydi. Ushbu qadam TBC Bank’ning mahsulotlar qatorini kengaytirish, yangi mijoz segmentlariga chiqish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish strategiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
TBC Bank norezidentlar uchun ham amaldagi mijozlar bilan bir xil shartlarda ochiq: qulay ilova, shaffof shartlar va tezkor ro‘yxatdan o‘tish jarayoni. Mijoz bo‘lish uchun uydan chiqish shart emas: jarayonning bir qismi onlayn tarzda amalga oshiriladi — buning uchun TBC UZ ilovasini yuklab olib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumotlarni tasdiqlash kifoya. Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy pasport, O‘zbekistonda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik, JShShIR va mahalliy mobil operator raqami talab etiladi.
Shundan so‘ng bank vakili shartnomani imzolash uchun mijozga qulay bo‘lgan joyga keladi. Hozircha norezidentlar uchun bank vakillari bilan uchrashuvlar faqat Toshkentda mavjud, biroq yil oxirigacha geografiyani kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Taklif etilayotgan yechimlar asosiy moliyaviy ehtiyojlarni qamrab oladi: foydalanuvchilarga yillik 17–22% stavkali omonatlar hamda bonusli debet karta — Salom Card taqdim etiladi. Kundalik to‘lovlar, o‘tkazmalar va jamg‘arma ishlarini bitta raqamli makonda yuritish mumkin.
Norezidentlar uchun imkoniyatlarning kengayishi chet el mutaxassislari, talabalari va tadbirkorlarining moliyaviy integratsiyasini soddalashtiradi, shaffof naqd pulsiz iqtisodiyotning yanada o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bank uchun esa bu ekotizim ichida yuqori sadoqatga ega barqaror segment va diversifikatsiyalangan tushum manbai demakdir.
«Bugun biz shunchaki yangi servisni ishga tushirmayapmiz — O‘zbekistonga o‘qish, ishlash yoki biznes qurish uchun kelganlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqdamiz.Biz TBC Bankni, inson qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakat moliya tizimiga kirishning tabiiy nuqtasiga aylantirishga intilyapmiz. Iste’molchi va biznes-banking standartlarini o‘zgartira olganimizni allaqachon isbotladik. Endi esa keyingi qadamni tashlayapmiz — norezidentlarni ham raqamli ekotizimga integratsiya qilib, ularga mijozlarimiz o‘rgangan qulaylik, tezlik va xavfsizlik darajasini saqlagan holda xizmat ko‘rsatamiz», — dedi Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan.
Norezidentlar uchun ishga tushirilgan xizmatlar ekotizimning izchil rivojlanishini mantiqan davom ettiradi. Osmon Card kredit kartasi va Salom Card debet kartasi taqdim etildi, TBC Sug‘urta sug‘urta yechimlari va KO‘B uchun onlayn kreditlash imkoniyatiga ega TBC Business yo‘lga qo‘yildi,shuningdek, to‘lov va o‘tkazmalar xizmatlari, shu jumladan Visa+ ishga tushirildi. Yangi funksiya ushbu xizmatlar ro‘yxatini to‘ldiradi va mijozlar uchun yagona raqamli tajribaning qiymatini oshiradi.
TBC Bank haqida
TBC Bank — O‘zbekistondagi yetakchi banklardan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng qamrovli raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank xizmat ko‘rsatishning raqamli kanallarini rivojlantiradi, operatsiyalarning shaffofligiga, xalqaro xavfsizlik standartlariga va servis sifatiga alohida e’tibor beradi — bularning barchasi odamlar hayotini yanada oson qilish uchun.
Boshqa yangiliklar
20 October