Bosh Shartlarga o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma
13.05.2025
Hurmatli mijozlar, 2025-yil 24-maydan boshlab “TBC Bank” ATB bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Bosh Shartlariga (keyingi oʻrinlarda “BSh” deb ataladi) kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
Bank BShning 18.4-bandiga ko‘ra Bankning www.tbcbank.uz veb-saytida va\yoki “TBC Bank” ATBning boʻlinmalarida kamida 10 (o‘n) kalendar kun oldin tegishli ma’lumotlarni joylashtirgan holda Mijozni xabardor qilish orqali Bosh Shartlarga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2025-yil 24-maydan siz TBC UZ ilovasida bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish orqali "TBC Bank" ATB bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Bosh Shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan rozi ekanligingizni bildirasiz.
Agar siz Bosh Shartlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan rozi bo‘lmasangiz, siz Bosh Shartlarda nazarda tutilgan istalgan mavjud aloqa vositalari orqali Bankka tegishli ariza bilan murojaat qilish huquqiga egasiz.
Yangi tahrir bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: havola
Boshqa yangiliklar
20 October