«TBC Bank» ATB omonatlari tariflaridagi o‘zgarishlar haqida

21.01.2025

Hurmatli mijozlar,

 

2025-yil 3-fevraldan boshlab TBC Omonat bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kiradi.

 

Milliy valyutadagi muddatli omonatlar uchun:

1. 13 va 24 oylik omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgartirildi.

2. Omonatning maksimal summasi o‘zgartirildi.

3. 18 oylik muddatli omonatlarni qabul qilish to‘xtatildi.

 

Milliy valyutadagi to‘ldiriladigan muddatli omonatlar uchun:

1. 13 va 24 oylik omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgartirildi.

2. Omonatning maksimal summasi o‘zgartirildi.

3. Qisman pul yechish imkonini beruvchi omonatning minimal summasi o‘zgartirildi.

4. 18 oylik muddatli omonatlarni qabul qilish to‘xtatildi.

 

Omonat bo‘yicha yangilangan tariflar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali topishingiz mumkin.