Ilova faoliyatidagi vaqtinchalik cheklovlar

12.03.2026

TBC Bank yangiliklari

Ilova faoliyatidagi vaqtinchalik cheklovlar

Bugun, soat 17:00 dan boshlab, TBC Bank (TBC UZ) mobil ilovasida bir necha soat davomida majburiy texnik ishlar olib boriladi.


Ushbu vaqt mobaynida aksariyat xizmatlardan, jumladan, o‘tkazmalar, to‘lovlar, balansni tekshirish va boshqa funksiyalardan foydalanish vaqtincha imkonsiz bo‘ladi.


Iltimos, zaruriy amaliyotlarni oldindan bajarib olishingizni so‘raymiz.


Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Sizning TBC Bank’ingiz