"Omadli depozit" aksiyasi
29.08.2022
"Omadli depozit" aksiyasining ishtirokchilari aniqlandi Barcha ishtirokchilarini tabriklaymiz. Bayramlar munosabati bilan g'oliblarni aniqlash marosimi 30-avgust kuni bo'lib o'tadi.
"Omadli depozit" aksiyasining barcha ishtirokchilari aniqlandi
Aksiyaning har bir ishtirokchisiga ID-raqam va o'yindagi chiptalari soni ko'rsatilgan SMS yuborildi. Bayram sababli g'oliblarni aniqlash marosimi 30-avgust kuni onlayn va oflayn rejimda o'tkaziladi.
O'yin jarayonini TBC Bank'ning Facebook va Instagram tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida kuzatish mumkin.
Ishtirokchilar va ularning chipta raqamlari aks etgan ro'yxat bu yerda ko'rsatilgan.
Hozircha aksiya qoidalarini yodga olamiz:
O‘yinda kimlar ishtirok etishi mumkin?
2022-yilning 24-mayidan 30-iyunigacha kamida 50 000 000 so‘mga Muddatli TBC Depozit ochgan yoki hisobini to'ldirgan pul qo‘yuvchilar. Demak, agar sizning omonatingiz 50 000 000 so‘mdan kam bo'lsa, siz konkursda qatnasha olmaysiz.
Qanday sovrinlar o‘ynaladi?
Konkurs doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ikki kishilik yo‘llanmalar o‘ynaladi:
- Maldiv orollari – 1 ta yo‘llanma;
- Seyshel orollari – 1 ta yo‘llanma;
- Birlashgan Arab Amirliklari (Dubay) – 2 ta yo‘llanma;
- Turkiya – 2 ta yo‘llanma;
- Gruziya – 2 ta yo‘llanma;
- Tailand – 2 ta yo‘llanma;
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Ishtirokchilarning barcha identifikatorlari tasodifiy sonlarni hosil qilish moslamasiga joylashtiriladi. Agar siz konkurs ishtirokchisi bo‘lsangiz, sizga 29-avgust kuni identifikatoringiz aks etgan SMS-bildirishnoma keladi. G‘oliblarni aniqlash marosimi 2022-yilning 30-avgustida onlayn va offlayn shaklda bo'lib o‘tadi.
Pulni muddatidan oldin yechib olsam-chi?
Agar siz omonatingizni 2022-yilning 3-avgustigacha qaytarib olsangiz yoki depozitdan mablag‘laringizning bir qismini yechib olsangiz, sizning o‘yindagi ishtirokingiz yakunlanadi.
O‘yinda qanday ishtirok etish mumkin?
Buning uchun TBC UZ ilovasida 50 000 000 so‘m va undan ko‘proq summaga Muddatli TBC Depozit ochishingiz kerak. Har bir 50 000 000 so‘m va undan yuqori summaga ochilgan depozit uchun konkursda ishtirok etish uchun 1 ta chipta beriladi. Depozitlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, g‘olib bo‘lish imkoniyati shuncha oshadi.
