Biznes uchun ishlaydigan

depozit

TBC Bankdan biznes uchun depozitlar

Qo‘shimcha daromad

Depozitni to‘ldiring va har oy foyda oling

19% gacha

so‘mdagi depozit uchun yillik stavka

Onlayn ariza yuboring

Ko‘rib chiqib, siz bilan bog‘lanamiz

Ariza yuborish

Biznesingizga mos shartlar

Barcha ma’lumotlarni o‘rganib, sizga to‘g‘ri keladigan shartnoma tayyorlaymiz

13–24 oy

depozit muddati

Omonatlar va depozitlar to‘liq himoyalangan

Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan — www.fgd.uz

100% himoya

sug‘urta hodisasi yuz bersa

17,0%

yiliga

Omonatni tanlang

Omonat muddatini belgilang

Summangizni kiriting

Foizlar bilan jami summa

118 397 260UZS*

*Muddat oxirida omonatning taxminiy summasi. Aniq daromadingizni TBC UZ ilovasida bilib oling

Biznes uchun depozit ochish oddiy

01

Pastdagi knopka orqali ariza bering

Ikki kunda ko‘rib chiqib, siz bilan bog‘lanamiz

Ariza yuborish
02

Shartlarni kelishib, shartnoma imzolang

O‘sha kunning o‘zida depozit ochiladi

03

Daromad olishni boshlang

Har oy oxirida o‘zingiz tanlagan hisobraqamga foizlarni o‘tkazib beramiz

Biznes depozit bilan daromadingizni xavfsiz ko‘paytiring

iOS yoki Android uchun TBC Biznes ilovasini yuklab oling, depozit ochish uchun ariza yuboring va javobini kuting

Ko‘p beriladigan savollar

Saytimizning ushbu sahifasida ariza qoldiring yoki contact@tbcbank.uz manziliga xat jo‘nating. Arizangizni ikki kun ichida ko‘rib chiqib, siz bilan bog‘lanamiz.

Depozitlarning 3 turi bor:

  1. Biznes uchun so‘mda muddatli depozit — pul yechish va to‘ldirish imkoniyatisiz.
  2. Biznes uchun dollarda muddatli depozit — pul yechish va to‘ldirish imkoniyatisiz.
  3. Biznes uchun so‘mda jamg‘arma depoziti — pul yechish va to‘ldirish imkoniyati bilan.
     

Cheklovlar yo‘q — depozitlarning umumiy summasi belgilangan limitdan oshmaguncha, istalgancha depozit ochsangiz bo‘ladi.

Har bir depozitning o‘z limiti bor:

  1. Biznes uchun so‘mda muddatli depozit — 500 mln so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha.
  2. Biznes uchun dollarda muddatli depozit — 50 ming dollardan 5 mln dollargacha.
  3. Biznes uchun so‘mda jamg‘arma depoziti — 1 mln so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha.
     

Foizlar har oy oxirida to‘lab beriladi.

TBC Bankdagi yoki boshqa bankdagi hisobraqamingizga — shartnoma tuzayotganda uni o‘zingiz tanlaysiz.

Ha, buning uchun biz bilan pochta yoki telefon orqali bog‘laning. Muddatidan oldin yopilganda foiz stavkasi o‘zgarishi mumkin. Hisoblangan foizlarni qayta hisoblab, farqini depozit summasidan ayirib tashlaymiz.